Bolalar haqida latifalar

— Odil ayt-chi, Pushkinning "Tatyanaga maktub" asarini o‘qib keldingmi?, - so‘rabdi o‘qituvchisi.
— Yo‘q!, - debdi o‘quvchi.
— Nega?
— O‘zingiz aytgansizku, "Birovni maktubini o‘qish yomon odat" deb, - dermish.
Bir kuni o‘qituvchi o‘quvchiga savol berdi:
— Nega skat yapaloq?
O‘quvchi javob berdi:
— Chunki skatni ustiga kit o‘tirgan.
O‘qituvchi:
— Unda nega dengiz otchasini ko‘zlari chaqchayib qolgan, desa
O‘quvchi:
— Otcha kit skatni ustiga o‘tirganini ko‘rib qolganda, dermish
Har bir xonadondan soliqlarni yig‘ib yurgan inspektor navbatdagi eshik qo‘ng‘irog‘ini bosibdi.
Ichkaridan bo‘yniga 1sm diametrlik oltin "tros" taqib chiqqan yetti-sakkiz yoshli bola chiqib:
— Sizga kim kerak, - debdi og‘zidagi sigaretni chuqur tortib.
— Uyda kattalar bormi?
— O‘zingiz nima deb o‘ylaysiz, - dermish sigaretni yana bir martta tortib.
Ko‘chada ota-onasi bilan ketayotgan bolakay hadeb yig‘lab, injiqlik qilaveribdi. Shunda onasi bolasiga qarab:
— Hadeb yig‘layverma! Bo‘lmasa anavi ayolga bervoraman, - desa, shu payt bolani adasi yig‘lashni boshlab yuboribdi...
— Akmaljon, dadang kim bo‘lib ishlaydi?
— Meni dadam sehrgar.
— Qanaqasiga?
— Oylik maoshlari 1 million bo‘lsa ham har oy 5 millionlik harajat qiladilar. Qolgan pulni qayerdan oladilar bilmayman...
— Dadasi, yaqinda bolalar maktabga chiqishadi. Barcha zarur narsalarni ro‘yxatini tuzib chiqdim. O‘qiymi?
— Yo‘q, shoshma! Oldin valeriankamni olib chiq.
Yosh bolakay ko‘chada xafa bo‘lib o‘tirsa, bir otaxon uni ko‘rib to‘xtabdi-da so‘rabdi:
— Nega xafasan bolam?
— Uyda oyim bilan adam janjallashishyapti. Adam oyimni “Sen filsan!” desa, oyim adamga “Maymun” deb baqiryapti. Ota-onam fil va maymun bo‘lishsa, men unda kimman? – degan ekan bolakay.
Qiz dadasiga qo‘ng‘irok qilib:
— Dada, meni tabriklang! Men turmushga chiqdim! - desa, dadasi:
— Meni qiziqtirmaydi. Kech kirishi bilan uyga qayt! - dermish.
Afandi uyida o‘tirib xayolan qo‘y go‘shti solib pishirilgan sho‘rva ichishni orzu qilib o‘tirardi. Qo‘shnisining o‘g‘li kosa ko‘tarib chiqib qoldi va dedi:
— Amaki, agar sho‘rva qiladigan bo‘lsangiz, oyimgayam bir kosa berarkansiz. Mazalari yo‘q.
Shunda Afandi o‘zicha g‘udranib qo‘ydi:
— Tavba, bu uyda orzu qilib ham bo‘lmaydi-ya! Darrov qo‘shnilar eshitadi.
Norboy aka o‘g‘lidan so‘radi:
— Ha, o‘g‘lim xayol surib qobsan, birortasidan ko‘nling bormi?
— Yo‘g‘e, dada.
— Uyalmay aytaver.
— Ada bittasi nima bo‘ladi.