Bolalar haqida latifalar

Ota o‘g‘liga:
— Sen pianinoda ko‘proq mashq qilishing kerak.
O‘g‘li:
— Bundan ortig‘i bo‘lmaydi. Butun podezd ko‘chib ketdi-ku.
Ota o‘g‘liga:
— O‘g‘lim, meni nega maktab direktori chaqirtirdi?
O‘g‘li:
— Kecha maktabda mushtlashdim.
Otasi:
— Nima, meni navbatdagi jangni tomosha qilishga chaqirishdimi?
Tug‘ruqxonada:
Vrach:
— Kimni chaqalog‘i yarim soatdan beri yig‘lab yotibdi?
Hamshira:
— Chaqaloq emas, ertalab tug‘ilgan uchta egizakni otasi yig‘lab o‘tiribdi.
Jahli chiqqan er xotiniga debdi:
— Nima uchun bu uyda bo‘layotgan ishlardan men oxirgi bo‘lib xabar topaman?
Xotini:
— Tis-s sekinroq, bolamizni uyg‘otib yuborasiz! – desa, er:
— Qanaqa bola? – debdi.
O‘qituvchi Valijondan so‘rabdi:
— Valijon, nega inshoda "Katta bo‘lsam, bog‘cha opa bo‘laman. Men 4 ta farzandni onasi bo‘laman" deb yozding?
Valijon debdi:
— Gulmirani daftaridan ko‘chirgan edim, ustoz...
Tarix fanida o‘qituvchi savol beribdi:
— Fransiya - Prussiya urushi haqida nimalarni bilasan?
O‘quvchi jim turaveribdi.
O‘qituvchi:
— Nega gapirmaysan?
O‘quvchi:
— Dadam urush-janjalga aralashma deganlar, - debdi.

Taksida ona o‘g‘li bilan ketayotgan ekan. O‘g‘li haydovchidan ko‘zini uzmay qarayveribdi. Buni ko‘rgan haydovchi:
— Hoy bolakay, nega menga tikilib ketyapsan? – desa, bolakay:
— Yo‘lda yopiq turgan metan zapravkalarni ko‘rib siz ham adam aytgan so‘zlarni aytarmikansiz deb qarab ketyapman, - debdi.

Bolalar uchun yangi yil archasi davom etadi!
Ta’til uzaytirildi. Hech kim maktabga chiqmasin!
Darslar boshlandi. Hamma maktabga chiqsin!
Ta’til uzaytirildi. Hech kim maktabga chiqmasin!
Darslar onlayn boshlandi!
Onlayn darslar bekor qilindi, ta’til uzaytirildi!
Hurmatli rahbarlar!
Iltimos aniq aytinglar, maktablarda o‘qish boshlanadimi yo‘qmi!? Bolalarim pod’ezdda turibdi. Maktabga borishsinmi yoki uyga kirishsinmi, bilmay qoldik!
— Dada, nimaga baletda aktyorlar oyoq uchida yurishadi?
— Tomoshabinlar uyg‘onib ketmasliklari uchun bolam.