Bolalar haqida latifalar

O‘qituvchi Alisherdan so‘radi:
— Katta bo‘lsang, kim bo‘lasan?
Alisher:
— Katta bo‘lsam tadbirkor bo‘laman. Ko‘p pul ishlab topaman, oyimga ko‘p narsalar olib beraman.
O‘qituvchi Valijondan so‘radi:
— Valijon, katta bo‘lsang kim bo‘lasan?
Valijon:
— Katta bo‘lsam, Alisherni oyisi bo‘laman!
O‘g‘lini uxlatmoqchi bo‘lgan ota unga ertak ayta boshlabdi.
Bitta, ikkita, uchta, ... ertaklarni aytib tugatgach, eshik sekin ochilib onasini ovozi eshitilibdi:
— Uxlab qoldimi?
— Ha, adam uxlab qoldilar oyi!
Futbol ishqibozi o‘g‘lini erkalatib debdi:
— Meni yolg‘izim, shirin bolam, kelajagim meni! Sen meni hayot o‘yinimda urgan golimsan!
Shunda xotini eriga qarab debdi:
— Menchi dadasi?
— Sen ham urgan golimsan. Faqat avtogolsan-de, - dermish eri.
Darvoza oldida o‘tirgan bolani yoniga kelib so‘radim:
— Adang uydami?
— Ha uydalar, - dedi.
Darvozani uzoq taqillatdim. Hech kim ochmadi.
— Adam uydalar deysan. Darvozangni hech kim ochmayapti-ku, - desam, bolakay menga:
— Bilmiman, men bu yerda yashamayman. Lekin meni adam uyda edilar, - dedi.
— O‘g‘lingizga yomon so‘zlarni kim o‘rgatyapti?
— Padaringga ming la’nat! Bilmiman kimdan o‘rganadi!
Bolalar bog‘chasida ikkita bola tuvakda o‘tirgan ekan biri debdi:
— Sen o‘g‘il bolamisan, qiz bolami?
— Bilmiman, - debdi.
— Tuvakdan tur-chi, aytaman! - debdi bola.
— O‘g‘il bola ekansan!
— Qayerdan bilding?
— Tuvaging ko‘k rangda ekan. Qizlarni bog‘cha opam qizil tuvakka o‘tkizadilar.
— Oyijon, ovqatimni hammasini yeb bo‘ldim!
— Shuning uchun ham bizdan alohida yashagin deyapmiz-da o‘g‘lim!
Bog‘cha bolalari kasallikka qarshi emlanibdi. Bir bolakay spirtli paxtasini olib hidlayotganmish.
— Nega unaqa qilyapsan? - deyishsa, bolakay:
— Adamni hidi kelyapti, - dermish.
Qizaloq va otasi:
— Adajon, men katta bo‘lsam sizdek go‘zal bo‘laman.
— Qizim, oyingdek go‘zal bo‘lishing kerak.
— Yo‘q. Oyimdek bo‘lishim uchun ancha harakat qilishim kerak ekan. Avval krem, keyin upa, keyin qalam, tush, lab bo‘yog‘i, ...
Sizda hammasi oddiy. Uyqudan turib yuzingizni yuvasiz, tamom!
— Qachon tug‘ilgansan Axmadjon?
— Bilmayman ustoz. Men tug‘ilganimda hech kim yo‘q edi. "Sut va ovqat muzlatkichda. Men ishga ketdim. Onang." degan yozuv bor edi xolos.