Bolalar haqida latifalar
— Buvajon, rotatsiya nima degani?
Bobosi, — Hozir tushuntiraman, - debdi-yu, bir daraxtning tagiga borib uni qattiq uribdi.
Daraxtda o‘tirgan barcha qushlar havoga uchibdi-da, yana qaytib boshqa shoxlarga qo‘nib olishibdi.
Shunda bobosi:
— Ko‘rdingmi nabiraginam? Huddi o‘sha qushlar, faqat o‘tirgan joyi o‘zgardi xolos!
Boshqa hech nima o‘zgarmadi... Rotatsiya ham shunga o‘xshaydi nabiraginam, - degan ekan.
— Dada, nega ichasiz? – desa, dadasi:⠀
— O‘g‘lim sen hali bunday narsalarni tushunmaysan. Katta bo‘lsang ichasan.⠀
Oradan yillar o‘tib o‘g‘li choyni ichib turib dadasiga qarab debdi:
— Dada, mana men ham ichdim.
Kimgadir biror narsani aytib berishdimi kattalar?
— Hozir men senga o‘g‘rilik qilishni o‘rgatib qo‘yman!!! – deb bog‘bon bolani quvlab ketayotsa, bolakay shartta to‘xtab:
— Iltimos amaki, o‘rgating. 3-martta qo‘lga tushishim. Hecham o‘rgana olmayapman bildirmay olmalarni olishni, - dermish.
— Nega kundaligingda faqat 2 va 3 baholar turibdi. 5 olasanmi o‘zi yo yo‘qmi?!
Bola:
— Axir 2 ga 3 ni qo‘shsak 5 ku oyijon!
— Dada, 2 ta savol bersam maylimi?
— Mayli, so‘ra!
— Birinchisi - menga yangi o‘yinchoq olib berasizmi? Ikkinchisi - nimaga yo‘q?
— Onajon, bu yerda xaqiqatdan ham ruslar yashaganmi? - desa, onasi:
— Eh bolam... Bunga uzoq yillar bo‘lgan... - debdi.
1. Bugun nima ovqat?
2. Soat nechi o‘zi?
3. Ustozim telegramdan nima vazifa yuboribdilar?
4. Qachon olib berasiz?
5. Ko‘chaga chiqsam maylimi?
6. Ko‘ylagim qayerda?
7. Nega menga olib kelmadingiz?
8. Yana esingizdan chiqdimi?
Farzandni otasiga beradigan savoli:
1. Oyim qayerdalar?
— Adajon, muzqaymoq olib bering.
Ota:
— Yo‘q qizim! Muzqaymoqqa pulimiz yetmaydi.
Qizaloq:
— Nimaga yetadi unda?
Ota:
— Faqat go‘shtga yetadi!
— Oyijon, bugun adam bilan ketayotsam, avtobusga bir ayol chiqdi. Men o‘rnimdan turib u ayolga joy berdim. Ayol bo‘lsa o‘tirmadi.
Onasi so‘rabdi:
— Keyin sen nima qilding?
Bolakay:
— Nima qilardim!? Yana adamning tizzasiga qaytib o‘tirdim.