Bolalar haqida latifalar

— Buvijon, nega ko‘zoynak taqasiz?
— Ko‘zoynak taqmasam yaxshi ko‘rolmayman-da, qo‘zichog‘im.
— Bo‘lmasa, ko‘zoynagingizni taqmay turing, qo‘zichog‘ingiz dasturxondagi konfetlardan yeb to‘yib olsin.
Ikki do‘st Amerikada sayr qilib yurishsa, bitta bino yonayotganmish. Tepada qavvatlarda yosh-yosh bolalar xelp-xelp deb baqirayotganmish.
Do‘stlardan biri men tepaga chiqib "chuvakchalarni" tashiyman, sen ilib tur, deb tepaga chiqib ketibdi.
— Tashab, tashab qarasa negr bolalar qolibdi bittasini tashasa, pastdagisi:
— Ey, kuyganlarini tashama dermish.
Bolacha onasini yoniga yugurib kelib:
— Oyi, oyi, karavotni tagida ajina bor ekan...
— Ha, o‘g‘lim, dadang komandirovkadan kelgunigacha o‘sha ajina biznikida yashab turadi.
Bir odam yo‘lda ketayotib bir qizchani ko‘rib qolibdi va so‘rabdi:
— Hoy qiz, nega bu yerda turibsan, adashib qoldingmi?
Qizcha:
— Nega so‘rayabsiz, turib ham bo‘lmaydimi
— O‘zim shunday, uying qayerda?
— O‘zingiznikichi?
— Meniki chilonzorda! O‘zingizniki qayerda?
— Meniki ham Chilonzorda!
— Unda bu yerda nima qilyapsan?
— Sizni kutib turibman!
— Meni?
— Ha sizni dada!
— Iye, qizim Gulchapchap oying qani?!
“Ovqat yeb o‘tiribsanmi, hech kimni eshitma va gapirma!” deb o‘rgatar edi onalar yosh bolalariga.
Fahmlashimcha “katta kresloda” o‘tirganlar bu iborani juda yaxshi o‘zlashtirganga o‘xshashadi.
Bir kuni qizni onasi:
— Qizim shakar solding.
— Oyijon men shirin choyni yaxshi ko‘raman.
— Qizim 5 qoshiq shakar solding deyapman.
— Shirin choyni judayam yaxshi ko‘raman.
— Shakarni sho‘rvaga solyapsan?!
Hasan Husan egizaklar bor ekan. Hasan onasini ko‘proq emarkan va Husandan onasini sutini qizg‘anarkan. Bir kuni undan qutilmoqchi bo‘libdi va onasinining ko‘kragiga zahar surtib qo‘yibdi. Ertalab hursand bo‘lib qarasa, dadasi o‘lib yotganmish.
Alo. Bu tez yordammi?
— Ha, tez yordam.
— O‘g‘lim yozib turgan ruchkamni yutib yubordi, tez keling.
— Xo‘p.
— Ha men ungacha nima kilay?
— Biz borguncha qalamda yozib turing.
O‘g‘li otasidan so‘radi:
— Dada hayotda yalmog‘iz kampir yo‘q-a?
Dadasi divanda o‘tirgan qaynonasiga qarab qo‘ydi-da, so‘ng o‘g‘liga dedi:
— Men ham bolaligimda shunday deb uylardim.
Bir kishi yosh bolaga:
— Xey bola, kim o‘rgatdi senga so‘kinishni?
Bola:
— Kim o‘rgatdi emish, nima odamda tug‘ma iste’dod bo‘lmaydimi?