Bolalar haqida latifalar

— O‘g‘lim, akvariumdagi suvni yangiladingmi?
— Yo‘q, oyijon! Baliqchalar hali suvni ichib bo‘lishmabdi.
Besh yoshlardagi bola onasiga:
— Oyijon, siz singlimni farishta qiz derdiz. U hech ham farishta emas ekan. Chunki, hozir uni balkondan tashlab yuboruvdim, u osmonga uchishni o‘rniga, yerga qulab tushdi...
Qo‘lida tortcha ko‘tarib olgan Vazirani oldiga shirinlikni juda ham xush ko‘ruvchi Nazira kelib, so‘zladi:
— Oting nima?
— Vazira, senikichi?
— Nazira, kel dugona bo‘lamiz. Tortingni teng bo‘lamiz...
Yosh qizaloq:
— Voy, dadajon piyolangizga qarang, choy shamasi suzib yuribdi. Endi biznikiga mehmon keladi, - debdi sevinib.
Dadasi choydagi shamani shoshilib olib, yutib yuboribdi-da, - ana endi hech kim kelmaydi, - debdi.
Shu payt o‘g‘li uyga yugurib kirib:
— Dada, xolam biznikiga kelayotib, liftga qamalib qoldilar, - dermish.
— Dada, siz yana katta bo‘lasizmi?
— Yo‘q, o‘g‘lim
— Unda nimaga ovqatlanasiz?
— Oyijon, men hisoblashni o‘rganib oldim, - debdi bolakay.
— Juda yaxshi-ku! Nimani hisoblashni o‘rganding?
— Hammani ahmoq deb hisoblashni o‘rganib oldim.
Alisher 5 yosh Onaci:
— Nok yeycanmi, shokoladmi?
Alisher:
— Nokolad
— Dada, bugun maktabda ixchamgina ota-onalar majlisi bo‘ladi.
— Ixcham deganing nimasi?
— Si-iz, me-yen va direktor ishtirokida...
Qizil qalpoqchaga oyisi dedi:
— Qizim, mana bu somsalarni buvingga olib borib bergin.
Esingdan chiqmasin, go‘shtligi — 1000 so‘m, kartoshkaligi — 800 so‘mdan.