Bolalar haqida latifalar

Afandi bozordan o‘n so‘mga ot olib kelayotgan edi, yo‘lda odamlar «necha pulga oldingiz» deb so‘rashdi. U so‘raganlarga «o‘zlaringiz chamalab ko‘ring, necha pulga olsa bo‘ladi» dedi. Birov «o‘n besh so‘mga oldingizmi?» degan edi, u «besh so‘m foyda qildim» dedi, boshqa bir kishi: «yigirma so‘m bo‘ldimi?» degan edi, «o‘n so‘m foyda qildim» deb keta berdi.
Afandi uyiga kelgach, qizi yugurib chiqib so‘radi:
— Dada, otni necha pulga oldingiz?
— Qizim, o‘zing chamalachi, necha pulga olsa bo‘ladi.
— Besh so‘mga oldingizmi?
— Qoch, qizim! Ot tepib qoladi,— dedi achchig‘lanib Afandi.
Marshrutkaga bozordan bir ayol katta sumkalari bilan chiqdi. Yonida yoshgina qizalog‘i ham bor ekan. Bir amallab o‘rindiqqa joylashib olib, ayol qiziga dedi:
— Adang shuncha narsa olganimizni ko‘rib nima derkinlar-a?!
Qizaloq bo‘lsa hech ikkilanmay:
— Bozorda biror narsa qoldimi o‘zi deydilar, - debdi.
Oʻgʻil armiyadan kelibdi. Ota—onasi kutib olishibdi, stol tuzatishibdi. Otasi debdi:
— Oʻgʻlim arok ichamizmi?
— Yoʻq, yaxshisi shampanskiy ichamiz.
— Oʻgʻlim shashlik yeymizmi?
— Yoʻq, yaxshisi konfet yeyman.
Biroz vakt oʻtgach oʻgʻli xojatxonaga oʻtibdi.
Otasi miltigʻini koʻtarib yugurib chiqibdi.
Onasi:
— Ha, dadasi qayoqqa?!
— Agar bu oʻgʻling oʻtirib siysa otib tashlayman!!!
Otasi 7 yoshli o‘g‘liga debdi:
— Senga necha martta aytganman, gugurtni o‘ynash mumkin emas deb!?
O‘g‘li:
— Men uni o‘ynamadim. Men sigaretimni yoqib oldim, ada! – degan ekan.
Ota o‘g‘liga aytibdi:
— Muvaffaqiyatni kaliti, hamma eplay olmaydigan ishni zo‘r bajarishdir!
O‘g‘li esa:
— Hammadan ko‘ra ishsiz o‘tirishni zo‘r eplayman. Bo‘ladimi? - dermish.
Bog‘chadan qaytgan bolakay onasiga debdi:
— Oyijon, bugun bizni kasallikka qarshi emlashdi.
— Yig‘lamadingmi ishqilib?
— Yo‘q, meni quvlab yeta olishmadi...
Muallim o‘quvchilarni ogohlantiryapti.
— Bolalar, hech qachon jonivorlarni o‘pmang! Bu turli kasalliklarga sabab bo‘lishi mumkin. Eshmat shunga misol keltir!
— Xolam, qachon qarasa to‘tiqushini o‘pib erkalardi.
— Keyin nima bo‘ldi?
— To‘tiqush aqldan ozdi.
Dada televizorni yoqaylik.
— Jim o‘tir. Tog‘ang o‘lgan uyat bo‘ladi.
— Oyi televizorni yoqaylik.
— O‘g‘lim, tog‘ang o‘ldi. Mumkin emas.
— Aka, televizorni ko‘raylik.
— Dadam, oyim aytishdi-ku tog‘am o‘lganini. Jim o‘tir.
— Nima tog‘amdan boshqa hech kim televizor yoqishni bilmaydimi?
Afandining ko‘zi xira bo‘lib qolgan edi, odamlar unga ko‘proq yong‘oq yeyishni maslahat berishdi. Afandi bozordan yarim qadoq yong‘oq olib, asta chiqib ketayotgan edi, ro‘parasidan bir bola chiqib salom berdi. Afandi alik olib, bolaga bitta yong‘oq berdi-da, sevinib dedi:
— Salom bergan bolalarni juda yaxshi ko‘raman. Qani endi, boshqa bolalar ham senga o‘xshash salom berishni bilishsa!
Bola nariroqqa borib ingichka ovozda salom berdi, Afandi yana yong‘oq uzatdi, ko‘chaning o‘rtasiga yetmasdanoq bola yo‘g‘on tovushda salom berib, yana bir yong‘oq oldi, tor ko‘chaga burilmasdan xirillagan tovush bilan salom bergan edi, Afandi bilib qolib:
— Salomni yong‘oqqa alishib yeb, tomog‘ing og‘rigan shekilli, tovushing chiqmayotibdi, yong‘oq yema!— dedi.
Bir ayol tiqilinchda hamyonini tushirib qo‘yibdi. Birozdan keyin yoshgina bola ayolni hamyonini qaytarib beribdi. Ayol hamyonini ochib ko‘rib bolaga:
— Meni hamyonimda ikkita besh mingtalik bor edi. Bu yerda o‘nta ming so‘mlik turibdi-ku?! - desa, bolakay:
— Bilasizmi, oldin ham bittasini hamyonini topib bergandim. U menga minnatdorchilik bildirish uchun mayda topa olmagandi. Shunga pullaringizni maydalab qo‘ydim, - dermish.