Bolalar haqida latifalar
— Seni kiyib Amerika ochmoqchi bo‘libman-a. Ee, qo‘ye-ye, - desa
Sehrli qalpoqcha ham bo‘sh kelmay:
— Men ham meni Amerika ochadigan kalla kiyadi, deb o‘ylapman-a, e, bor-yeye, - dermish.
— Ahmoq, yalqov, dangasa. Huddi dadangni o‘zisan.
Shu payt erining jahli chiqib:
— Hoy, nimalar deb shang‘illayapsan???
Ayol:
— Siz aralashmang! Sizga tegishli gap bo‘layotgani yo‘q!
— Aziz bolajonlar! Maktabda to‘polon qilish, baland ovozda gaplashish, odobsizlik qilish mumkin emas. Agar biror nima so‘ramoqchi bo‘lsangiz, qo‘lingizni ko‘tarib murojat qilinglar.
Shu zahoti bolalardan biri qo‘lini ko‘taribdi.
O‘qituvchisi:
— Nimani so‘ramoqchisan Alisher?, - debdi taajjublanib.
— Hech nimani. Shunchaki, tushuntirayotgan tizimingiz qanchalik aniq ishlashini tekshirib ko‘ryapman.
— Menga qara, nega sen "Bola tarbiyasi" to‘g‘risidagi kitobni o‘qiyapsan?
O‘g‘ilning javobi:
— Meni tarbiyalashda haddilaringdan oshmayapsizlarmi yo‘qmi, shuni nazorat qilmoqchiman.
— Sho‘r ekan, - debdi.
Shunda onasi:
— Voy o‘g‘lim, gapirdingmi?! Yana bir qaytar...
— Sho‘r ekan ovqatingiz!
Ota-ona o‘zida yo‘q xursand...
— Sen bola gapirarkansan, nega bizni shuncha yil qiynading? Nimaga shu paytgacha indamading, - deyishsa, bola:
— Shu paytgacha ovqatingizni tuzi yaxshi edi-da, - dermish.
— Dadamni avtomati bor.
Bola esa:
— Mani dadamni pushkasi bor.
Qiz:
— Mani dadamni tankasi bor.
Bola:
— Mani dadamni raketasi bor.
Qiz:
— Mani dadamni bombasi bor.
Bola nima deyishni bilmay:
— Aa, san devorga siyomiysaan...
Bola:
— Dada alkash nima degani?
Ota:
— Alkash u anavi 2ta daraxtni ko‘rayapsanmi, o‘sha daraxtlarni 4ta ko‘radi, tushundingmi?
Bola:
— Dada u yerda bitta daraxt-ku, - dermish.
— O‘g‘lim qarachi dadang kelyaptimi?
— Ha, kelyaptilar.
— Dadang yo‘lni qaysi chetida kelyaptilar?
— Ikkala chetida ham onajon!
— ... yana ichibdi...!