Bolalar haqida latifalar

— Oyi, men ko‘chani aylanib kelaman.
— Kim bilan? Qayerga borasan? Qachon kelasan?
— Dada, men ko‘chani aylanib kelaman.
— Yaxshi.
Ota o‘g‘liga tanbeh beryapti:
— Voy-bo‘y, qundaligingni «ikki»lar bosib ketibdi-ku!
— Da-da!
— Gapirma! Senday paytimda «uch» olsam ham uyalardim. Sen bo‘lsang...
— Da-da, dada deyapman!
— Xo‘sh, nima demoqchisan o‘zi?
— Axir bu sizning o‘quvchilik paytingizdagi kundaligingiz-ku. Kecha eski kitoblaringiz orasidan topib oluvdim.
Ko‘chadan qaytgan o‘g‘lidan onasi so‘radi:
—O‘g‘lim koptoging qani?
—Bir qizchaga berdim, biroz o‘ynab qaytarib berarkan. Yonida bobosi ham borakan,- dedi o‘g‘li.
Onasi o‘g‘lining saxiyligidan quvonib tursa, eshik taqillab, koptokni olgan qizalok va bobosi qo‘lida shokolad bilan kirib kelishibdi.
Bolakay koptogi va shokoladni olib, cho‘ntagidagi uyali telefonni qizchaning bobosiga qaytarib beribdi.
Maktabda o‘quvchisi sinfdoshini uyiga borib, eshik qo‘ng‘irog‘ini bosgan ekan, do‘stini onasi eshikni ochibdi. Haligi bola unga:
— Salom xolajon! Akbar uydami, - deb so‘rasa,
— Ha uyda! Lekin ovqatlanyapti. Balki sen ham ovqatlanishni xohlarsan, - debdi.
— Ha xohlayman, - desa,
— Bo‘pti, unda sen ham uyingga borib ovqatingni yegin, keyin kelarsan, - dermish.
— Dada-dada! Archamiz yonib ketyapti!
— Yonmayapti o‘g‘lim, nur sochib jilolanyapti.
— Ha-a... Dada-dada, pardalarimiz ham nur sochib jilolanyapti!
Ona o‘g‘lini kundaligini tekshira turib, mantiq fanidan “2” baho olganini ko‘rib debdi:
— Yana “2” olibsan. Bu safar kimni ayblamoqchisan?
Bola:
— Bilmadim oyijon, mantiq borasida naslimizni ayblasammikin yoki siznimi?
— Allo, bu hayvonlarni himoya qilish jamiyatimi?
— Huddi shunday.
— Pochtachi amaki daraxtni ustiga chiqib olib, itimizni rossa haqoratlayapti.
Bir kuni 2 ta dugona parkda ketishayotgan ekan, bir qitmir bola kelib, qizlardan:
— Ismiyla nima? - deb so‘rabdi.
Qizlardan biri ikkinchisiga qarab:
— Ismingni etma, Zilola, - debdi
— Hop, Hilola, - debdi.
Eski yog‘ochdan yasalgan uyning oldiga, qimmat mashina kelib to‘xtabdi-da ichidan bashang kiyingan erkak tushib, uyga kiribdi. Uyda qari chol derazadan ko‘chani tomosha qilib o‘tirgan ekan.
Erkak uning ro‘parasiga o‘tirib gap boshlabdi:
— Assalom alaykum, mani tanimadiz-a? Man sizni o‘g‘lingizman. Esingizdami, 10 yil oldin mani sigaret olib kel, deb bozorga yuborgandiz? Man shu ketgancha shaharga ketdim, yaxshi odamlarni uchratdim, ishlab pul topdim, o‘zimni biznesimni boshladim, uy, mashina oldim, mana bugun millionerga aylandim, - desa
Dadasi jim qarab turganmish.
O‘g‘li:
— Dada biror nima desangizchi?, - desa
Dadasi:
— Sigaret qani?!, - dermish
Bozorda aylanib yurib, bolasini yo‘qotib qo‘ygan ota bozor idorasiga borib debdi:
— Maylimi mikrofondan bir gapni e’lon qilsam?
— Gapiring, - deyishibdi.
Otasi mikrofonni yoqib:
— Xayr kichkina zumrasha! - degan ekan.