Bolalar haqida latifalar

Bir kuni bir bola ko‘chada do‘stini urayotgan ekan, shunda bir otahon kelib:
— Bolam do‘stingni nimaga uryapsan, desa
Bola aytibdi:
— U meni ikki yil oldin begimot deb mazah qilgandi, debdi
— Ikki yil oldin mazah qilgan bo‘lsa, nimaga hozir uryapsan, debdi
— Bugun zooparkga borib begimot nimaligini ko‘rdim-da.
Bir erkak bog‘chaga kelib, tarbiyachi qizga:
— Men o‘g‘limni olgani keldim. Hov anavi bolani kiyintirib bering, - debdi. Tarbiyachi hayron bo‘lib:
— U bola sizniki emas-ku desa, erkak:
— Farqi nima? Ertaga yana qaytib keladi-ku shu yerga, - dermish.
— Dada, siz qorong‘ida ham yoza olasizmi?
— O‘ylaymanki, yoza olaman.
— Unday bo‘lsa, chiroqni o‘chirib, kundaligimga qo‘l qo‘yib bering...
— Amaki, uyalmaysizmi yosh bolani oldida so‘kinishga?
— Kechirasiz, aslini olganda men, sizni yosh bolangiz mashinamga chizgan so‘zlarni o‘qiyapman.
Birinchi sinf o‘quvchisiga onasi dars qildiryapti:
— Senda to‘rtta olma bor edi. Ikkitasini yeding. Nechta qoladi?
— Ikkita olma va ikkita olmaning po‘chog‘i, oyijon...!
Er:
— Onasi bugun qizimizni bog‘chaga o‘zing tashlab kelaqol. 5000 beraman.
Xotin:
— 10000 bersangiz tashlab kelaman.
Qizcha:
— Dada, menga 2000 bering o‘zim ketaveraman bog‘chaga.
Ona qiziga:
— Qizalog‘im, paypog‘ingni kiyib ol. Axir, yo‘talyapsan.
Qizi:
— Paypoqda ham yo‘talaveraman-ku, oyijon...
Sinf xonasiga kirib kelgan o‘qituvchi sumkasidan bir narsani uzoq qidirib:
— Ko‘zoynagim uyda qolib ketibdi shekilli, - dedi asabiylashib.
Shunda 30 ta bola bir ovozdan:
— O‘ziz qolib ketmabsiz-de...! - dermish.
Bir bola otasiga maqtayapti:
— Ada, sinfdagi eng yalqov bola endi men emasman!
— Nega? Yaxshi o‘qiy boshladingmi?
— Yo‘q, bugun mendan ham yalqovroq bola keldi sinfimizga!
Uch yashar Sardor buvisiga dedi:
— Buvijon! Siz doimo: «Shakarning ham ozi shirin», - derdingiz. Bog‘chaga shuncha bordim, bo‘ldi-da endi!