Bolalar haqida latifalar

Ko‘chada bir chiroyli ayol bir erkakni oldiga kelib:
— Kechirasiz, nazarimda siz bolalarimdan birining otasi bo‘lsangiz kerak.
Daxshatdan qotib qolgan erkak:
— Yo‘g‘e, bo‘lishi mumkinmas. Nahotki?!
— O‘zizni bosing. Nega xovliqasiz. Man o‘qituvchiman
Bir kuni Azizbek maktabga kelmadi. Ertaciga uctozi Azizbekdan:
— Nega kecha maktabga kelmading, - deb co‘radi.
— Bir ayolni puli tushib qolibdi.
Uctozi:
— Ha, qidirishib yubordingmi?
— Yo‘q, u ayol ketgunicha pulni oyog‘im bilan bocib turdim.
O‘g‘li:
— Ada, ayollar har kuni sochiga nima baloni sepishadi?
Ota:
— Bitga qarshi dori, o‘g‘lim!
Men seni juda sevardim. Sensiz hayotimni tasavvur ham qilolmasdim, afsus onam seni yoktirmaydi. Sen bilan birga qolishim onamga umuman yoqmaydi. Seni labingdan ilk bor bo‘sa olgan kunimdan buyon, seni sevaman, ammo onam bizni ayirmoqchi men ham onamning so‘zlariga kirishga majburman, - debdi 3 yoshlik bola so‘rgichga qara-a-ab
— Meni bolalarim qorboboga xat yozishni allaqachon boshlab yuborishdi.
Qorbobo esa ularni yonginasida o‘tirib, sovg‘alar narxini hisoblab aqldan ozay deyabdi.
Buvi:
— Bolajonim, yo‘talganingda, og‘zingga qo‘lingni tutib tur, ho‘pmi?
Nabira:
— Qo‘rqmang, buvijon, mening tishlarim siznikiga o‘xshab chiqib ketmaydi.
Bir ayolni to‘rtta bolalari bor ekan. Bolalarini to‘palonidan boshi og‘rib ketgan ayol:
— Bas qilinglar bolalar! Bozor bo‘lib ketdi, - desa, bolalari:
— Bozor bo‘lsa, bizga xo‘rozqand olib bering! - dermish.
— Oyijon, bitta tish yuvish vositasini surtib chiqsak, nechi metrgacha yetishi mumkin?
— Bilmadim qizalog‘im...
— Hammomdan oshxonagacha nechi metr chiqadi? Shuni bilsangiz bo‘ldi.
Yuqori qavatdagi qo‘shnim ertalab bolasiga shunaqa qattiq baqirdiki, men ham bir zumda xonamni yig‘ishtirib, issiq kiyimlarimni kiyib oldim.
Bir yoshli bolakayni onasi eridan so‘rabdi:
— Qayoqqa ketyapsiz?
— Futbolga, - debdi eri.
— O‘g‘limizni ham o‘zingiz bilan olib keting!
— Nega?
— Ana qarang, baribir bu yerda, bekorga baqirib o‘tiribdi...!