Bolalar haqida latifalar

Bir o‘rtaxol oila restoranga ovqatlangani kirishibdi. Ovqatlanib bo‘lishgach xotini ofitsiantga:
— Mana bu oshib qolgan ovqatlarni itimga olib olsam maylimi, - desa
5 yoshli o‘g‘li:
— Uraaa, endi it boqarkanmiz, - dermish.
— Adajon, nimaga shokoladlarni zar qog‘ozga o‘rashadi?
— Boshqa xonada tursak ham, seni shokolad o‘g‘irlayotganingni eshitish uchun!
Avtobusda bir bolakay yig‘lab o‘tirgan ekan. Bolani to‘xtatish uchun bir onaxon unga olma uzatdi.
Bola olmani olib indamay turaverdi.
— Nima deyish kerak, bolakay? - deb so‘radi yonidagi ayol.
Bola onaxonga qarab:
— Yuvilganmi? - debdi
— O‘g‘lim, senga sovg‘a qilgan ov miltig‘i qani?
— Sotib yubordim. Puliga esa qo‘limga soat oldim.
— Ahmoqmisan?! Endi quyon oviga borsang, soat nechida oldingdan quyon yugurib o‘tganiga qarab yurasanmi?!
Ota o‘g‘lini urishyapti:
— Endi bildingmi, nega senga shapaloq tushirganimni?!
Bola:
— Doim shunaqa qilasiz. Avval urib, keyin sababini mendan so‘rab yurasiz?
Kichkintoy Abduraimning onasi, har doim jinsi shim kiyib yurar ekan. Bir kuni to‘yga borish uchun ko‘ylak kiysa, kichkintoy Abdurayim:
— Voy oyi, siz ayolmisiz? - dermish.
Ona Hasan-Husanni cho‘miltirayotganda Hasan nuqul kularmish.
Onasi: O‘g‘lim, nega kulyapsan?
Hasan: Men qolib Husanni ikki marta cho‘miltirdiz, — dermish
Bir ayol ijtimoiy ta’minot bo‘limiga 15 ta bolasini yetaklab, kirib kelibdi.
— Oho! – hayratlandi xizmatchi. — Bularning hammasi o‘zingiznikimi?
— Ha, hammasi o‘zimniki, - javob beradi ona.
— O‘tir, Eshmat, — desa, hamma bolalar o‘tiribdi.
— Xo‘sh, - debdi xizmatchi, — sizlarni ro‘yxatga olishim kerak. Menga bolalaringizni ismlarini aytsangiz.
— Hammasi oddiy, — javob beribdi ona. — O‘g‘il bolalarning ismi Eshmat, qizlarniki esa Anzirat.
Quloqlariga ishonmagan xizmatchi yana savol beribdi:
— Jiddiy aytyapsizmi? Ularning hammasi Eshmat bilan Anziratmi?
— Ha, bu hayotimni ancha yengillashtiradi. Ertalab ularni bitta qilib chaqiraman, hammasi uyg‘onishadi. Tushlik vaqtida ham “Eshmat!”, “Anzirat!” deyman, ular kelishadi. Qachon ularga tanbeh bersam, baqir-chaqirni to‘xtatadi. Menimcha, bu eng zo‘r g‘oya!
Ijtimoiy yordam xizmatchisi yana savol beradi:
— Agarda hammasini emas, faqatgina bitta bolani chaqirmoqchi bo‘lsangiz nima qilasiz?
— Undami, ularni faqat familiyasi bo‘yicha chaqiraman.
Bir erkak ishdan uyga kelib:
— Meni go‘zal malikam qani? - desa, xotini yugurib chiqib:
— Shu yerdaman adasi, - debdi.
— Sen yovuz jodugarsan-ku. Men qizimni chaqiryapman, - dermish eri.
Rus tili darsida:
— Segodnya kakaya pogoda?
— Sovuq Mariya Petrovna, maylimi derazalarni yopsak?
— Po russkiy, pojaluysta!
— Ahmoq, tentak, maylimi okna zakrыt?