Bolalar haqida latifalar

Mehnat ta’tilim faqat baqirish bilan o‘tdi!
Qizimga: "Suvdan chiq! Ko‘karib ketding..."
Erimga: "Bardan chiqing! ...!!!"
Bolakay televizor ko‘rib o‘tirgan adasini yoniga kelib:
— Ada nima ko‘ryapsiz?
— Yengil atletika bo‘yicha yugurish musobaqasini o‘g‘lim. Hozir hammasi yuguradi, bittasi g‘olib bo‘ladi. Ana shu bitta sportchiga sovrinni berishadi.
— Unday bo‘lsa qolganlari nega yugurishyapti ada???
— Hozirgi yoshlar juda g‘alati kiyinishadi-da! Masalan, mana bu qiz...
— Bu meni o‘g‘lim!
— Iye, uzr. Siz uni otasi ekaningizni bilmabman.
— Men onasi bo‘laman!
Kichkina bolakay dadasiga:
— Dada, uylanish uchun qancha pul kerak?
Dadasi onasiga pul berayotgan ekan:
— Bilmayman, men hali ham to‘layapman.
— Oyijon, skleroz nima u?
— Nimani so‘rading o‘g‘lim?
— Qachon?
— Kimsan hoy bola?!!
Qizaloq onasiga debdi:
— Oyijon, men 5 yoshdaman! Nigora esa 3 yosh. Men kattaman!!!
Onasi:
— Qizim, men 33 yoshdaman! Men kattaman...
— Qizaloq onasini qulog‘icha pichirlab:
— Oyijon,kattaman emas, qariman deng...!
Ingliz ayollari «I love you», - deb — 1-2ta tug‘ishadi.
Rus ayollari: «Ya tebya lyublyu», - deb — 2-3ta tug‘ishyapti.
O‘zbek ayollari esa: «Nariroq yoting, boring», - deb — 4-5-6ta tug‘ishyapti.
— Dada, moliyaviy daho kim?
— Xotini sarflagandan ko‘proq pul ishlab topadigan odam.
— Uylanish yaxshimi bobo?
— Yaxshi bolam, ayoling dardkashing bo‘ladi.
— Yaxshiku, lekin meni dardim yo‘qku bobo?!
— Uylansang u ham bo‘ladi bolam.
Bolakay onasidan so‘rabdi:
— Nega dengizning suvi sho‘r?
Onasi debdi:
— Baliqlar sasib qolmasligi uchun tuzlab qo‘yishgan bolam...