Bolalar haqida latifalar

— Dadajon, ertaga tug‘ilgan kunim. Menga biror nima olib berarsiz. Nima olib berishingizni ertaga turganingizda aytaman.
— Qizim, men ertaga uyqudan turmayman! Indinggacha uxlayman!
Bir bola qarib qolgan buvisiga gap qaytarayotgan ekan, yonidan o‘tib ketayotgan odam buni ko‘rib debdi:
— Xolajon bu sizni nabirangizmi?
— Ha. O‘zim ko‘tarib katta qilganman, - debdi onaxon.
Haligi odam:
— Tashlab yubormabsizda, - dermish.
Bir kishining kasbi duradgor ekan. Xotini uyda yo‘qligida bolalariga ertak aytib bermoqchi bo‘libdi.
— O‘tgan zamonda bir mamlakat shahzodasi boshqa podshohlikning malikasini sevib qolibdi.
Malikaga xat yozib, kabutardan jo‘natibdi. Uch kecha-yu, uch kunduz uxlamasdan, malikadan xat kutibdi. Vanihoyat, kabutar uchib kelibdi.
— Keyin nima bo‘pti ada? – so‘rabdi qizi.
— Qarasa, oyog‘iga xat bog‘langan. Malika javob yozibdi, deb o‘ylab, shoshib-pishib xatni ochib qarasa...
— Nima yozilgan ekan xatda? – yana qiziqib so‘rabdi qizi.
— U yerda “Qilich va qalqonlarga buyurtma olamiz. Arzon narxlarda”, - degan reklama turganmish.
Sinfdosh do‘stlardan biriga dedi:
— Eshmat bilasanmi, sinfdoshimiz bor-ku Toshmat.
— Xo‘sh?!
— Juda puldan qiynalib qolgan ko‘rinadi.
— Yo‘g‘-e, nega? Qayerdan olding bu gapni?
— Kecha birrov ko‘rib o‘tay deb uyiga kiruvdim. Ishonasanmi, ikki qizi yonma-yon o‘tirvolib bitta pianinoni chalyapti!
Bir boladan so‘rashibdi:
— Tug‘ilgan kuningga nima sovg‘a olishni xohlaysan? - deyishibdi.
Bola o‘ylanib turib:
— Bilmadim, lekin ikkita bo‘lsin, - debdi.
— Dada, meni Kamol urdi...
— Sen ham ur!
— Men avval urib bo‘lgandim-da.
Bolg‘a bilan o‘yinchoqlarini sindirib o‘tirgan ikki yashar o‘g‘ilchasini ota koyidi:
— Bolam, nima qilyapsan?
— O‘yinchoqlarimni sindirib, ko‘paytiryapman.
G‘ulomjonning ikkita balig‘i bo‘lgan ekan.
Bir kuni baliqlari soyga cho‘milgani borib, oqib ketibdi.
Bolakaydan so‘rashibdi:
— Senga yangi yilga nima sovg‘a qilay?
Bola o‘ylanib turib:
— Bilmiman, lekin ikkita bo‘lsin!!!
Yosh ota tez yordamga shoshilinch telefon qilib gapira boshladi:
— Doktor, qizim ko‘k dorini ichib yubordi! Nima qilishni bilmayapman!
— Qizingiz hozir nima qilyapti? Yoningizdami?
— Ha? mana yonimda turibdi. Lablari ko‘m-ko‘k! Tishlari ham! Ko‘karib turgan tilini chiqarib menga tirjayib turibdi... Ayting, nima qilay?
— Tez suratga oling!!!