Bolalar haqida latifalar

Salim maktabdan uyga kiyimlari yirtilgan, hamma yog‘i iflos ahvolda kirib kelibdi. Uni ko‘rgan otasi so‘radi:
— Senga nima bo‘ldi?
— Azim bilan urishdim.
— Bundan chiqdi, endi senga yangi kiyim sotib olish kerak ekan-da?
— Bu qiyin emas, dada. Ammo Azimning dadasi yangi bola sotib olishiga to‘g‘ri keladi...
Bitta bola do‘konga kirib:
— 1200 so‘mlik non bormi? – debdi.
— Bor, - deyishsa, bola:
— Nechi pul? – degan ekan.
Qo‘shni sinf xonadan kelayotgan shovqindan dars o‘ta olmagan o‘qituvchi shartta yonidagi sinfga kiribdi-da, hech narsa demay, tik turib gapirayotgan bolani qulog‘idan tortib o‘zini sinfiga olib kirib o‘tkazib qo‘yibdi.
Birozdan keyin eshik taqillab bir o‘quvchi kiribdi-da debdi:
— Kechirasiz, boya bizni o‘qituvchimizni quloqlaridan tortib olib chiqib ketgan edingiz. Qaytarib berasizmi?
Uyga qaytgan o‘g‘il, telefonidan ko‘zini uzmay o‘tirgan onasiga:
— Oyijon men keldim! – desa, onasi o‘g‘liga qaramay:
— Qayerlarda sang‘ib yuribsan? – debdi beparvolik bilan.
O‘g‘li onasiga:
— Oyi, men armiyadan qaytdim!!! – degan ekan.
Onasi uyqu oldidan qiziga ertak o‘qib bermoqda:
— Qadim zamonda bir hunarmandning uch o‘g‘li bo‘lgan ekan. To‘ng‘ich o‘g‘li juda dono, o‘rtancha o‘g‘li unchalik ham aqilli emas, kenja o‘g‘li esa umuman tentak bo‘lgan ekan.
Qizaloq:
— Oyijon, hunarmandning sog‘lig‘i borgan sari yomonlashib boravergan ekan-a?
Onasi:
— Nega unaqa deyapsan qizim?
Qizaloq:
— Ana, o‘zingiz o‘qidingiz-ku, farzandlari borgan sari yomonlashib boryapti ekan.
Bir yigit 17 yoshida o‘ylanibdi. U 25ga kirganda bolasi 7 yoshga kiribdi.
Bir kuni bolasini maktabdan olib qaytayotsa yo‘lni narigi tarafida 3 ta ketvorgan qiz kelayotganmish, shunda haligi bolasiga qarab o‘g‘lim man hozir anovi qizlani oldiga borganimda dadamas aka deb chaqirgin xop? Yana yomon tushunmagin, desa.
Bolasi:
— Hop, dada siz xijolat bo‘mang, o‘zi har kun ko‘chada oyimni opa deb o‘rganib ketdim dermush.
Bolakay adasidan so‘rabdi:
— Ada, aql bilan ayyorlikning farqi nimada?
— Aql ko‘chadagi ishkalni tinch hal qilishga yordam beradi. Ayyorlik esa ishkaldan chiroyli chiqib ketishga yordam beradi. Eng yaxshisi – donishmandlik.
— U nima?
— Ko‘chadagi janjalga aralashmaslik degani o‘g‘lim.
Shokoladni taqsimlagan akasidan norozi bo‘lgan uka:
— Nuqul shunday qilasiz, o‘zingizga katta qismini olib, kichigini menga berasiz! – debdi.
Akasi esa:
— Ho‘sh, meni o‘rnimda bo‘lsang, sen nima qilgan bo‘larding? – deb, so‘rabdi.
Ukasi:
— Kichigini o‘zim olib, katta qismini sizga berar edim! – desa,
Akasi:
— Bo‘lmasa nega ming‘irlaysan...? — men ham shunday qildim-ku...! – dermish.
— Bu joy qanday mazza, qulay, yoqimli va maroqli!
— Qayerdasan o‘zi? Qayerda o‘tiribsan?
— Ota-onamni yelkasida.
Bir qizalok oyisiga:
— Oyi, men kecha telefon topib oldim.
— Qani u?
— Tashlavordim.
— Nimaga?
— Uni qech qanaqa knopkalari yo‘q, buni ustiga orqasida yarmi tishlangan olma rasmi yopishtirib qo‘yilgan ekan.