Bolalar haqida latifalar

Bir odam imtihon topshirgani borsa, domla ismini so‘rabdi.
— A-a-a-anvar, - debdi haligi odam.
— Nega ismingizni A-a-a-anvar deyapsiz? Duduqmisiz? – debdi.
— Yo‘q, pasportimga ismimni shunday yozishgan, - dyeb javob bergan ekan.
Ertalab turib maktabga ketmoqchi edim, soatga qarasam maktab tugagan ekan.
Bolakayning otasi so‘radi:
— O‘g‘lim, bog‘chada urishib turasizlarmi?
O‘g‘li:
— Ha, urishamiz!
— Kim yutadi?
— Bog‘cha opamiz.
Bir qizaloqdan soʻrashibdi:
— Dadangni yoshi nechida?
— Toʻrtda, - debdi qizcha.
— Qanaqasiga? – deyishsa,
— Dadam men tugʻilgandan keyin, dada boʻlganlar, - debdi.
Ikki doʻst suhbatlashmoqda:
— Doʻstim, mana seni 37 ta bolang bor ulardan nima foyda koʻrding? - debdi.
Doʻsti:
—Eh doʻstim, hamma foyda shularda-ku!
— Qanday qilib?
— Agar ichib kelsang, xotining oʻqlov koʻtarib senga tashlanadi. Shunda talpani ichiga oʻzingni otasan, - dermish.
Bolakaylarning hech qachon tugamaydigan savollariga aqlli otalar shunday javob berishadi:
— Adajon, qachon pulingiz ko‘payadi?
— O‘g‘lim, nega oyim qachon sizdan kamroq pul so‘raydigan bo‘ladilar demaysan?!
Ishga shoshilib chiqib ketayotgan erini xotini to‘xtatibdi:
— To‘xtang-chi adasi. Hech narsani unutmadingizmi? – debdi har kuni ishga ketishdan avval bolalari bilan hayrlashib ketishi kerakligini eriga eslatmoqchi bo‘lib...
Eri shoshib-hovliqib cho‘ntagini kavlabdi-da 10 ming chiqarib, xotiniga berib “Boshqa yo‘q, ushla! Bori shu!” deb yugurib chiqib ketavergan ekan..
Bir erkak uyiga har kuni ichib kelar, ertalab tursa hamma yog‘i momataloq, cho‘ntagida pullari yo‘q bo‘lar ekan.
Bir kuni uyiga ichmasdan kelib, ataylab ko‘zini yumib yotsa, xotini bilan bolalari tayoq olib kelib, endi urmoqchi bo‘layotganlarida o‘rnidan turib:
— Ha, demak bu senlarni ishlaring ekan-da!? – deb hammasini quvlab ketgan ekan.
Maktabda o‘quvchilarga birinchi tibbiy yordam kӯrsatish usullari o‘rgatilyapti.
Muallima:
— Xo‘sh, Eshmatov, agar uch yashar ukang uy kalitini yutib yuborgan bo‘lsa, qanday yo‘l tutarding?
— Uyga derazadan oshib kirardim.
Rentgenga birinchi martta tushayotgan bola doktorga:
“Iltimos, menga 3x4 dan bitta” degan ekan.