Bolalar haqida latifalar

— Boltavoy, qachon darsingni qilasan?
— Kino tugagandan keyin.
— Juda kech bo‘lib ketadi-ku?
— Oyijon, o‘qishning erta-kechi bo‘lmaydi, deyishadi-ku!..
— Adajon, nega singlimni ismi Oltinoy?
— Onang tillani juda-yam yaxshi ko‘rgani uchun!
— Unda nimaga meni ismim To‘xtasin?
— Ko‘p savol beravermagin...!
Mallasoch qizdan so‘rashibdi:
— Alifboda nechta harf bor?
— Oltita.
— Qanday qilib?
— A, L, I, F, B, O. Hammasi bo‘lib oltita!
Birinchi sinfda o‘qiydigan Xolmat, onasiga debdi:
— Oyi, bugun direktorimiz mendan: Sen oilada bitta farzandmisan?, - deb so‘radi
— Ha sen bittasan. U nima dedi?
— Xudoga shukur, - dedi.
Dorixonada:
— Menga og‘riq qoldiradigan dori bering.
— Qayering og‘riyapti?
— Kechqurun kundaligimni adamga ko‘rsatmoqchi edim.
— Men otamga o‘xshab oyiga ming dollar maosh olishni orzu qilaman.
— Nima, otang shuncha maosh olarmidi?
— Yo‘q, u ham orzu qilardi.
Chaqaloq tug‘ilganidan gapirishni boshladi.
Birinchi so‘zi hola ekan, xolasi vafot etibdi.
Keyin tog‘a degan ekan, tog‘asi ham o‘lib qolibdi.
Keyin dada degan ekan qo‘shnisi o‘lib qolibdi.
— Oyijon men 16 yoshga to‘lganimga 1 yil bo‘ldi, Nega menga labimni bo‘yashga hali ham qattiq qarshilik ko‘rsatyapsiz?
— Diilshooooooood o‘chir ovozingni!
— Oyijon, siz seriallarga qiziqanmisiz?
— Qizim Gvadelupa, menga bo‘lar-bo‘lmas savollarni beravermasdan. Jadini kiyintirib, ukang Jumongni o‘ynatib tur. Bir pastdan so‘ng singling Latifani olib kegani bog‘chaga boramiz.
Bir kuni Oyposhsha eriga:
— Dadajonisi, qo‘shnimiz Mexrixonga o‘g‘li Moskvadan shunaqa syurpriz yuboribdi-ki, asta qo‘yaverasiz, "xa-xa-xa" Havotir olmang. O‘g‘limiz bizga bunday syurpriz, ya’nikim kelin, aslo olib kelmaydi, "xa-xa-xa", - desa
Oyposhaning eri xotiniga achinib qarab:
— Xotinjon, o‘g‘ling senga boshingda yong‘ok chaqib, maymunday o‘ynatadigan "yengil kavaleriyani" ya’nikim kelinni tayyorlab qo‘ygan, - dermish.