Bolalar haqida latifalar
— Qizim hozir plastikdan pul yechamiz va senga shokolad olib beraman, - debdi onasi.
— Oyijon, buni ichida dadam bormilar? – dermish qizi.
Ayol qabr ustida yig‘lab dardini to‘kib solibdi:
— O‘g‘limizga shim, qizimizga ko‘ylak, u kerak bu kerak, - debdi.
Kechasi tushiga eri kirib:
— Xotin man o‘ldim, Dubayga ketganim yo‘q, — debdi.
— Dada asalniyam oyog‘i bo‘ladimi?
— Yo‘q qizim nimaga bunaqa deyapsan?
— Kecha kechqurun oyimga "asalim oyog‘izni ko‘taring" dedizku,- debdi.
— Oyimni.
— Nega?
— Oyim ko‘proq gapiradilar-da.
— Halima, Halimaa, Haaliimaa!
Derazadan Halima qarab:
— Namuncha baqirasiz?
Eshmat:
— Tug‘dingmi?
Halima:
— Ha, egiz!
Eshmat:
— Kimga o‘xshaydi?
Halima:
— Bir-biriga o‘xshaydi!
— Bolajonlar, sizlarga bog‘cha yoqadimi?
— Ha!
— Nimasi yoqadi?
— Bog‘chamizni hovlisida hovuz kavlab berishdi. Bosh bilan sho‘ng‘ishni mashq qilyapmiz. O‘rganib olsak, suv to‘ldirib berisharkan...
— Allo? – desa, go‘shakni u tomonidan notanish ovoz:
— Uyda kattalardan kimdir bormi? – debdi.
Bolakay:
— Adam qamoqxonada, onam esa morgda, - dermish.
— Bu tog‘dagi yirtqichning qorni och-to‘qligiga bog‘liq.
— Kap-katta bola haligacha o‘zing kiyina olmaysanmi!?
O‘g‘li ham otasiga qarab:
— O‘zingiz ham yosh bolaga o‘xshab haligacha oyimni oldida uxlaysiz-ku! – degan ekan.
— Oyijon, men o‘zimni yo‘qotib qo‘ydim...
Onasi debdi:
— Men esa seni kir yuvish mashinasini ichida ko‘rgandim.