Bolalar haqida latifalar

Ishonchim komil! Oradan 50 yil o‘tib nabiralarim meni shu kunlarda uydagi divanda televizor ko‘rib yotganim haqidagi hikoyalarimni eshitib "Buvajon, g‘alaba uchun rahmat" deb aytishadi.
Kechasi serial ko‘rib o‘tirgan nabirasiga buvisi:
— Kirib yot! Kunduzi qaytaradi. O‘shanda ko‘rasan! - desa, nabirasi:
— Kunduzi to‘liq ko‘rsatmas ekan. Ayrim joylarini qirqib tashlashar ekan insofsizlar, - dermish.
Bir ayol 4 yoshli o‘g‘ilchasi bilan ko‘chada borayotgan ekan, chiroyli dugonasini uchratib qolibdi. Dugonasi bilan ko‘rishib, o‘g‘liga:
— O‘g‘lim, xolangni o‘pib qo‘y! - desa, bolakay:
— Yo‘q, uradilar! - debdi.
— Nega unaqa deyapsan o‘g‘lim? - debdi onasi.
— Adam o‘pganlarida bu xola urganlar, - dermish.
Uy hayvonlariga qo‘lqop bilan tegining, qo‘llarni tez-tez sovunlab yuving.
Oyi, sizmisiz? Nega bu rakamdan SMS yozyapsiz? Buni ustiga sizlayapsiz? Tinchlikmi oyi?
— O‘g‘lim, maktabda baholaring nechi bo‘lyapti?
— Oyijon, muhimi sog‘-salomat yuribman-ku!
Bolakay uyda xafa bo‘lib o‘tirsa, oyisi so‘rabdi:
— Nega xafasan o‘g‘lim:
— Karantin menga juda qimmatga tushdi. Qancha sof foydadan qolib ketganimni bilsangiz edi...! - debdi bolakay.
Onasi:
— Qanaqa foyda? - so‘rabdi onasi hayron bo‘lib.
— Bilasizmi oyi, shu kunlarda ramazon aytib qancha pul topardim, - dermish bolakay.
Bola buvasidan so‘rayapti:
— Sizni yoshligingizda qo‘l telefoni bo‘lganmi?
— Yo‘q, bo‘lmagan bolam.
— Planshetchi?
— Yo‘q. U ham bo‘lmagan.
— Peydjeriz bo‘lgandir?!
— Yo‘q.
— Dinazavrlarni ko‘rganmisiz buva?
— ...
Mening o‘g‘lim rus tili, ingliz tili va boshqa tilda bemalol gaplashib o‘tiradi.
Umuman maktabda boshqa fanlarda ham gaplashib o‘tiraveradi. Hecham tartibga chaqirib bo‘lmayapti...
Bir kishi ko‘chadan tovuq o‘g‘irlab kelib o‘g‘liga debdi:
— Mana shu tovuqni bozorga olib borib sotib kel.
O‘g‘li ham tovuqni bozorga olib borib yo‘qotib qo‘yibdi.
Uyga qaytib kelsa:
— Tovuqni necha pulga sotding? - debdi otasi.
— O‘zini narxiga berib yubordim ota, - debdi bolasi.
Ertalab trenirovkaga, tushdan keyin maktabga boradigan o‘g‘limning ertaga ertalabki mashg‘ulotlari qoldirilgani eshitib, o‘zimcha unga buyurib qo‘yadigan ishlarimni rejalashtirdim.
— Xo‘sh, ertaga nimalarni rejalashtirding?, -so‘radim undan.
— Nimani bo‘lardi, ertalab o‘rnimdan turmay ko‘proq uxlashni, - javob berdi u.