Bolalar haqida latifalar

Bir bola kompyuter o‘yinlari xonasiga kirib:
— 1 soati nechi pul bo‘ladi? - debdi.
U yerda o‘tirgan odam:
— 7000 bo‘ladi, - desa, bola:
— Minuti nechi pul? - debdi.
— O‘g‘lingiz dars vaqtida rogatkadan otib o‘tiradi, - deb nolibdi o‘qituvchi o‘quvchining onasiga.
— Voy shumtaka-yey! Tug‘ilgan kuniga sovg‘a qilgan to‘pponchani yo‘qotibdi-da, - debdi onasi.
Avtobusda ketayotgan ayolning yonidagi nabirasi kutilmagan savollarni bera boshlabdi:
— Buvijon, yoshingiz nechida?
Ayol atrofdagilardan xijolat bo‘lib nabirasini chalg‘itsa ham bolakay xiralik qilaveribdi:
— Yoshingiz nechida buvijon? Ayting. Mayli, birinchi raqamini ayting!
— Olti, - debdi ayol.
— Ikkinchi raqami-chi?
— Besh, - debdi ayol.
— Uchinchi raqami-chi? - debdi bolakay yana.
O‘qituvchi o‘quvchisining otasi bilan suhbatlashyapti:
— O‘g‘lingiz bema’ni, ahloqsiz so‘zlarni kimdan o‘rganyapti?
Ota:
— Padaringga la’nat! Bilmayman bu ablah kimdan eshitarkin bunaqa so‘zlarni?

— Oyi, bugun adam zinadan yiqilib tushib yomon so‘zlarni aytdi.
— Nima dedi? Yomon so‘zlarni aytmasdan gapirib beraqol.
— Unda indamadilar.

Maktabda o‘qituvchi bolalarga:
— Aytinglarchi, bizga oy yaqinmi Amerikami?
— Oy yaqin!
— Qanaqasiga axir bolalar?!
— Oy bizga ko‘rinib turadi. Amerika esa umuman ko‘rinmaydi, uzoqda!
Xonama-xona qo‘lida telefon bilan yugurib yurgan boladan onasi so‘rabdi:
— O‘g‘lim nima qilyapsan?
Bola:
— Halal bermang oyijon! Jismoniy tarbiya fanidan oraliq nazoratni onlayn topshiryapman!
Otasi bolasiga debdi:
— O‘g‘lim sigaret chekma! Aroq ichma!
Bolasi:
— Ada, nega g‘alati gapiryapsiz?
Otasi:
— Og‘zimda nos bor-da bolam!

— Nima uchun farzandlaringizni sochiga oq tushgan?
— Chunki men ularga kechqurun ertak emas, soliq kodeksini o‘qib beraman.

— Oyi, telefoningizda o‘yin o‘ynasam bo‘ladimi?
— Avval darslaringni qil.
— Oyi darslarimni qildim. Endi berasizmi?
— Darslaring tugagan bo‘lsa, endi ishlarga qarash!