Bolalar haqida latifalar

Qizaloq oilaviy fotoalbomni ko‘rib o‘tirib, onasidan so‘rabdi:
— Oyijon, manavi suratda yoningizda turgan kelishgan, chiroyli yigit kim?
Onasi debdi:
— Seni adang-ku qizim.
Qizaloq divanda beo‘xshov, xurpayib televizor ko‘rib yotgan adasiga qarab:
— Bu kim unda? - dermish.
Xorijga xizmat safariga ketgan nabirasiga qari onaxon qo‘ng‘iroq qilyapti:
— Allo, Shuhrat qayerdasan?!
Nabirasi shivirlab:
— Simpoziumdaman buvijon. Hozir gaplasha olmayman.
Onaxon:
— Men hech narsani bilmayman! Tuzlangan bodringdan 1 banka olib ketibsan. Bugunoq bankamni qaytarib olib kelasan!
O‘qituvchi so‘rabdi:
— Alisher, nima uchun "Mening mahallam" mavzusidagi inshoing Qodirjonning inshosi bilan bir xil yozilgan.
Alisher debdi:
— Chunki men Qodirjon bilan bitta mahallada yashayman-da!
Hammada shunaqami?
Farzandim bilan dars tayyorlashni boshlasam, "O‘zi maktabda o‘qiganmanmi?" degan fikr hayolimga kelaveradi...!
Aqlli ota o‘g‘li maktabda so‘kinib gapirmayotganini tekshirish uchun bolg‘a bilan o‘g‘lini barmog‘iga urib ko‘radi.
Issiq havoda do‘konga kirib kelgan bolaga sotuvchi debdi:
— Nima olasan?
Bola javob beribdi:
— Dam olaman.
Ertalabdan bog‘chaga ketayotgan bolakay hasrati:
"Oyijon, hamma institutlar, maktablar karantin deb yopildi, nega bog‘chalar ochiq?"
Maktabda 2 ta chet tilini o‘qitishadi:
1-Ingliz tili;
2-Geometiya.
O‘qituvchi Valijondan so‘rabdi:
— Sen yozma ishingda bog‘cha tarbiyachisi bo‘laman deb yozibsan. Bu kasbga qiziqasanmi?
Valijon o‘qituvchisiga:
— Yonimda o‘tiradigan Mohigul qiziqar ekan-da...!
Zoologiya darsida:
— Aliyev, ikkita yirtqich hayvonni sanab ber-chi!
— Sher va ...
— Bilmaysanmi? O‘tir “2”!
— Qodirov, uchta yirtqich hayvonni sanab ber!
— Sher, yo‘lbars, ...
— Bilmaysanmi? O‘tir “2”!
— Odilov, sen beshta yirtqich hayvonni sanab ber!
— 2 ta sher va 3 ta yo‘lbars.