Er-xotin haqida latifalar

Bir kuni er-xotin urishib qolibdi.
Eri:
— Sen bilan ortiq yashay olmayman. Narsalaringni olgin-da, ota uyingga jo‘na! – debdi.
Xotini ketibdi.
Kun kech bo‘lgach, eri sekin telefonni olib xotiniga qo‘ng‘iroq qilib debdi:
— Onasi, boraymi...?!
— Mayli. Faqat bitta shartim bor.
— Ho‘sh?..
— Oshxonaga kiring.
— Kirdim.
— Qo‘lingizga likopchani olib, uni zarb bilan yerga uring!
— Urdim.
— Endi siniqlarini yig‘ib, avvalgi holiga keltiring.
— Iye, xotin. Men plastik tarelkani yerga urgandim. Singani yo‘q...!
— Obbo! Ming yillik rivoyatni rasvo qildingiz. Keling, tezroq olib keting. Ota-onamga birrovga keldim, degandim, - debdi xotini.
Er xotiniga debdi:
— Onasi, bugun uyimizga yaqin do‘stimni mehmonga chaqirdim.
Xotini:
— Nima? Mehmon? Bola kasal, meni ishlarim boshimdan oshib yotibdi. Uyni ahvoliga qarab bo‘lmaydi. Muzlatgich bo‘m-bo‘sh! Bu kishim mehmon chaqirganmushlar...!
Eri:
— Shuning uchun ham chaqiryapman-da! Do‘stim bo‘ydoq. Oxirgi payt uylanish haqida ko‘p uylayapti. Biznikiga kelib uylangandan keyingi hayotini bir ko‘rib ketsin degandim...
Agar xotiningiz sizga sakray boshlasa, jim turmang. O‘zingizni kim ekanligizni ko‘rsatib qo‘ying. Oshxonaga kirganingizda ming‘ir-ming‘irini boshlasa, shart etib idishlarni yuvib, ovqat pishirib qo‘ying. Vannaga kirganizda gapirsa, paypoqlarni chayib qo‘ying. Dazmol, changyutgich ham xotinizga qarshi kurashish qurollariga aylansin. Urushishga bahona topolmay bir alam qilsin!

— Kecha erim bilan yana urishib qoldik...
— Opa, siz o‘zi ahmoqqa erga tekkansiz!
— Nega erim ahmoq ekan?
— Ahmoq bo‘lmasa sizga uylanarmidi!?

Yarim tunda uyga mast ahvolda kirib kelgan erini yoniga xotini kelib:
— Sizga nima deyishni ham bilmay qoldim, - desa, eri:
— Hayriyat-yey, seni-yam gaping tugar ekan-a, - dermish.
Bir ayol eriga debdi:
— Shu sigaretni qachon tashlaysiz?! Bir hafta o‘zingizni majburlab chekmasangiz, sabr qilsangiz tashlaysiz-ku!
Eri:
—Mayli xotin. Sen ham bir hafta telegramga kirmasang, chekishni tashlayman, - desa, xotini:
— Menga nima? Chekavermaysizmi!? O‘zingizga zarar qilyapsiz, - deb o‘girilib ketibdi.
Rosa mast ahvolda uyga kelgan erkak oshxonaga kirib qarasa, sovutgich “g‘irillab” ishlab turgan ekan. Erkak kelib sovutgichni eshigini ochibdi-da:
— Uyga tashab qo‘ying, - deb ichiga kirib o‘tirib olibdi.
Xotini shovqinni eshitib oshxonaga kirsa, eri muzlatgichni ichiga kirib o‘tiribdi.
— Dadasi, bu yerda nima qilyapsiz? – desa, eri:
— Orqamdan qidirib shu yergacha keldingmi?! O‘zim taksi ushlab uyga ketayotgandim, - dermish.
Bir kun xotin eridan so‘rabdi:
— Dadasi nega uxlamadiz? - desa, eri:
— Instadaman, - debdi.
Shunda xotin:
— Unda meni yangi rasmimga layk bosib yuboring! - dermish.
Xotin eriga:
— Telefoningizda Odil deb yozilgan raqamga qo‘ng‘iroq qilsam, ayol kishi javob beryapti-ku?!
— Odilni xotini-yam tekshiryapti, Dilshod degan raqamdan kim qo‘ng‘iroq qilarkan deb...
Sinfdoshlari bilan uchrashuvdan qaytgan eridan xotini so‘ray boshlabdi:
— Azamatni ko‘rdingizmi?
— Ha, u ahmoq katta yurist bo‘lib ishlayotgan ekan.
— Botir-chi? U qalay?
— U tentak bosh vrach lavozimiga ko‘tarilibdi.
— Sardor qanday ekan?
— Eh, u befahm tadbirkorlikni boshlabdi!
Xotin:
— Qachon siz ham ahmoq, tentak, befahm bo‘larkinsiz-a...?