Er-xotin haqida latifalar

Xotin:
— Odam ham shunchalik bo‘kib ichishi mumkinmi? Hecham tushunolmayman!
Er:
— Tushunmagan ishingga aralashmagin deb nechi martta aytaman senga?!
— Kecha xotinim yangi olib bergan mashinani pachoq qilibdi.
— Xotiningni o‘zini ahvoli yaxshimi?
— Hozircha yaxshi. Berkinib olgan, topolmayapman!
Eri ichish va chekishni tashlagan ayollar, ularni boshqa kamchiliklarini seza boshlashadi.
— Lotoreyada pul yutib olsam nima qilasan?
— Voy adasi, pulni yarmini bersangiz, hamma aytgan ishlaringizni qilib qo‘yardim.
— Juda yaxshi! Lotoreyadan 100 ming so‘m yutuq chiqdi. Mana 50 ming. Hovlidagi qorlarni tozala, mashinamni yuvib qo‘y, bozorga borib ro‘zg‘or qilib kel!
Xotin ko‘chada eri bilan urishib qolibdi:
— Sizni ko‘zingiz “o‘ynoqi”, qizlarga “suyagingiz yo‘q”, ayollarga xushomad qilishga ustasiz, bir pasta ko‘nglini topib, tanishib olasiz, ... deb tursa, o‘tib ketayotgan bir ayol to‘xtab:
— Reklama qilyapsizmi bu erkakni? Narxi qancha ekan? – dermish.
Xotin eriga:
— Qo‘shnimiz har kuni ishga ketayotib, xotinini yuzidan o‘pib ketadi. Nega siz hecham unaqa qilmaysiz? - desa, er hayron bo‘lib xotiniga:
— Qanaqasiga o‘pib ketaman axir?! U birovni xotini bo‘lsa...!
Yangi yilni nishonlab tongga yaqin bir ahvolda uyga kirib kelgan erni xotini kutib olibdi.
— Yuzimga qarashga endi qanday chidaysiz? – debdi xotini.
Er bo‘lsa unga:
— Hechqisi yo‘q onasi, shuncha yil chidab kelyapman, bu yog‘i ham qarayveraman, - dermish.
Xotinim mendan xafa bo‘lsa, gaplashmay qo‘yadi. 2 kundan keyin o‘zi birinchi bo‘lib gapirishni boshlaydi. Bilasizmi nimaga? Chunki o‘tgan 2 kun meni tinch yurganimga chiday olmay gapirvaradi.
Er xotiniga debdi:
— Endi sen bilan hech qachon janjallashmaslikka qaror qildim.
Xotin bo‘lsa jig‘ibiyron bo‘lib:
— Nima? Qaror qilganmush! Oldin mendan bir og‘iz so‘radingizmi?
Ayol kishi mashina boshqarib ketyapti. Yonida eri o‘tiribdi:
—Adasi, manavi piyoda jonidan to‘yganmi?! 10 daqiqadan beri mashinani oldiga tushib olib yugurib ketyapti, - debdi xotini.
Eri bo‘lsa:
— Piyodalar yo‘lagida yurma deb senga necha martta aytganman! – debdi.