Er-xotin haqida latifalar

Savol: Svet o‘chib, yonaversa xolodilnik tezroq ishdan chiqadimi? Yoki kompyutermi?
Javob: Odam.

Er xotiniga "E onangni..." desa, mehmonxonadan qaynonasi chiqib "Ha kuyov?! Men kelganimni qayerdan bildingiz?" debdi.
Er-xotin ta’tilga otlanishibdi. Xotin:
— Bolalarni oyimnikiga, kuchugimizni qo‘shniga tashlab ketamiz.
Mushukni dugonamnikiga olib borib qo‘yaman, - debdi.
Eri o‘ylanib turib:
— Xotin, uyimiz shunaqa tinch bo‘lsa, qayerga ketamiz. Uyda dam olaqolaylik, - dermish.
Er uxlab yotgan xotinini tepasiga kelib "Eh xotinjon gapirmasdan jim tursang qanday go‘zalsan!" degan ekan.
Kechasi soat 23.00lar atrofida. Telefon qo‘ng‘irog‘i jiringlabdi.
Er:
— Allo?
Xotin:
— Labbay?
Er:
— Bugun kech qolib ketdim...
Xotin:
— Hechqichi yo‘q.
Er:
— 3-4ta og‘aynilarim bilan kafeda o‘tirgandik.
Xotin:
— Mayli, yaxshi!
Er:
— Kechirasiz, boshqa joyga tushdim shekilli?!
Er-xotin gaplashib o‘tirib, xotini:
— Qanday tanishganimiz yodingizdami? - desa, eri:
— Ha. Men taksiga qo‘limni ko‘tarsam, sen yonimga kelib olgansan, - dermish.
Psixolog bir nechta ayollarga maslahat berayotgan ekan:
— Turmush o‘rtog‘ingiz bilan 5 daqiqalik urush bir haftalik umringizni qisqartiradi.
Shuning uchun eringiz bilan urushmang.
Bir ayol debdi:
— Unday bo‘lsa men allaqachon o‘tib ketgan ekanman-da!...
Er-xotin suhbati:
— Onasi, ertaga Eng yaqin do‘stimning to‘yi bo‘larkan. Anavi Djuliya Roberts ishtirokida.
— Nega buni oldinroq aytmadingiz? Men nima kiyib boraman to‘yga?
— Ey ahmoqmisan?! Bu kino-ku!
— Meni ahmoq dedingizmi? O‘tgan hafta Oqqush ko‘liga boraylik desam, qarmoq ko‘tarib chiqqaningiz esingizdan chiqdimi?

Bir ayol hikoya qiladi:
— To‘rt yoshli qizim shkafni ochib, kiyimlarni titaveradi. Bugun uni qo‘rqitdim,
— Shkaf ichida yomon amaki bor, ochsang seni o‘g‘irlab ketadi, deb.
Kechki payt erim bilan ovqatlanib o‘tirsak qizim yugurib kelib:
— Oyi, oyi! Shkaf ichidagi amaki ketdimi? deb so‘rasa bo‘ladimi!
Erimga tushuntirgunimcha bo‘larim bo‘ldi!...

Ayollar erlarini gapini faqatgina bir holatda diqqat bilan tinglashadi:
Eri telefonda past ovozda "kim bilandir" gaplashayotganida.