Er-xotin haqida latifalar
Shu payt eri bir turtib debdi:
— Chapillatmasdan yegin!
Birozdan keyin yana bir turtibdi:
— Yana nimaga turtasiz? - debdi xotini.
— Chapillatganing esimga tushib ketdi, - dermish eri.
Erkaklarga qiyin. Jahl qilsa, yeb turgan issiq ovqatdan ham mahrum bo‘ladi.
— Oyi, bugun adam zinadan yiqilib tushib yomon so‘zlarni aytdi.
— Nima dedi? Yomon so‘zlarni aytmasdan gapirib beraqol.
— Unda indamadilar.
— Adasi, nima qilyapsiz? - deb so‘rabdi.
Eri:
— Uydaman! Sen qiladigan ishni qilyapman... - debdi.
Xotini o‘zicha xursand bo‘lib, erim uylarni tozalab, ovqat qilib o‘tirgan ekan, deb o‘ylabdi. Kechqurun uyga kelib qarasa, eri divanda yalpayib o‘tirib olgancha, serial ko‘rayotgan ekan.
— Xotin kiyimlaringni kiy! Men katta pul topib oldim! Endi millionerman! - desa, xotini:
— Hozir adasi, chiroyli kiyimlarimni kiyib chiqaman. Aylanishga boramizmi? - debdi.
Eri bo‘lsa:
— Nimani kiysang kiy! Oyingni uyiga ketasan! - degan ekan.
— Mensiz nima qilgan bo‘lardingiz-a? - deb javrasa, eri kulib turganmish.
Xotini jig‘ibiyron bo‘lib:
— Nega doim shunaqa desam kulasiz? - desa, eri:
— Xotin shoshmay tur! Biroz shirin hayol surishga ham qo‘ygin-da axir! - debdi.
"Oyi, men kirish imtihonlarini topshira olmadim. Adamni tayyorlang!"
Onasidan javob:
"Adang tayyor! Sen quloqlaringni kuchli shapaloqqa tayyorla!"
— Ikkinchi ichmang deb aytgandim-ku sizga!
Bo‘ldi endi uyimga ketaman!
Eri xotinini tinchlantirib:
— O‘zingni bos xotin! Men ikkinchi ichmadim, birinchi ichdim. Ulfatlarim ikkinchi ichdi, - dermish.
— Mana xotin, seni hamma orzularing ushaladi!
Uy-joy, mashina, yangi ko‘ylaklar!
— Endi mazza qilib yashar ekanmiz-da, - debdi xotini.
Eri bo‘lsa:
— Shuncha yangi narsaga eski erni nima qilasan, - dermish.