Er-xotin haqida latifalar

Ikki do‘st suhbatidan:
— Nima o‘qiyapsan?
— Gazetadagi maqola. Erini cho‘ntagidan pul o‘g‘irlaydigan xotin haqida ekan.
— Uni nima qilmoqchisan?
— Maqoladan nusxa ko‘paytirib, kiyimimning har bir cho‘ntagiga solib qo‘ymoqchiman.
Rus, yapon va o‘zbek ayollari suhbatlashib qolishibdi.
Rus:
— Men to‘ydan keyin erimga uy ishlarini qilmasligimni aytdim. U ko‘chaga chiqib ketdi, kechgacha uni ko‘rmadim. Kechqurun uyimizga bir xizmatkor olib keldi.
Yapon:
— Men esa to‘ydan keyin umuman uy yumushlarini bajarmasligimni aytsam, erimni bir hafta ko‘rmadim. Bir haftadan keyin u robot olib keldi. Hozir hamma ishlarni robot qiladi.
O‘zbek:
— Men ham to‘ydan keyin erimga uy ishlarini qila olmasligimni aytgandim, erimni uch-to‘rt kun umuman ko‘ra olmadim. Keyin sekin-sekin bir ko‘zim ochildi. Keyin ikkinchi ko‘zimni ko‘kargani ketib, unisi-yam ko‘ra boshladi.
Juhud yaqin do‘stiga dedi:
— Fima, iltimos, sendan qarz olganimni xotinimga aytib qo‘ymagin!
— Aytmayman. Lekin menam sendan bir narsani iltimos qilmoqchiydim.
— Nimani?
— Senga qarz berganimni xotinimga aytib qo‘ymagin!
Jinnixonada bir yigit chiroyli kelishgan doim o‘ychan o‘tirardi. Undan nega jinni bo‘lib qolgansiz dedim. To‘g‘risi bergan savolimdan o‘zim ham qo‘rqib ketdim, lekin u bosiqlik bilan gap boshladi:
— Men ancha yil oldin. 20 yoshimda 39 yoshli ayolga uylandim. Xotinimni 20 yoshli qizi bor edi. Qizini eri yo‘q edi. Meni dadam 43 yoshda bo‘lib xotinimni qiziga uylandi. Ya’ni dadam meni xotinimga kuyov bo‘ldi. Boshqa tarafdan xotinimni qizi menga o‘gay ona bo‘ldi va bir o‘g‘il tug‘di. Menga uka, xotinimga nevara bo‘ldi. Bir tarafdan menga ham nevara bo‘ldi. Natijada men ukamni bobosi bo‘ldim. Yillar o‘tib xotinim ham o‘g‘il tug‘di. Dadamni xotini uchun uka, meni o‘g‘limga buvi. Yoki meni o‘g‘lim buvisiga uka bo‘ldi. Yana bir tarafdan xotinimni qizi. Meni o‘gay onam ug‘limga opa bo‘ldi. Hammadan daxshati shuki, men o‘g‘limga jiyan bo‘ldim. Ayting men jinni bo‘lmay kim jinni bo‘lsin!?
Ichki ishlar bo‘limiga kelgan erkak militsiya xodimiga murojat qildi:
— Tunda bizning uyga o‘g‘rilikka kirgan jinoyatchi bilan gaplashsam bo‘ladimi?
— Nimani gaplashasiz?
— Xotinimga bildirmay tunda qanday qilib uyimizga kirganini so‘rab olmoqchiman.
— Dadasi, men uchun aqlga sig‘maydigan qahramonlikka qodirmisiz?
— Albatta, xotinjon. Mana, uylandim-ku senga!

Erning 8 mart kuni ayoliga aytayotgan so‘zlariga:
Xohlaysangmi? Senga oyni sovg‘a qilaman! Istasang yulduzlarni, quyoshni, sayyoralarni, dengiz-u daryolarni sovg‘a qilaman!
So‘rayver! Pul to‘lanmaydigan hamma narsalarni so‘rayver!

Bir er xotiniga 8 mart bayramiga uchta bir xil ichki kiyimlardan sovg‘a qilsa, xotini sovg‘alarni olib:
— Adasi, bu nima qilganingiz? Nega bularni hammasi bir xil? Ko‘rganlar umuman almashtirmas ekan demaydimi?! - degan ekan.
— Adasi, o‘g‘limiz institutni qizil diplomga tamomladi. Unga biror kattaroq sovg‘a olib berishimiz kerak...!
— Nima, qizil diplom olib berganimiz yetmadimi?

Bugun ertalab xotinim:
— Dadasi, bugun oyim mehmonga kelar ekanlar, - dedi.
Men o‘zimni iloji boricha xotirjam tutib:
— Onajonimiz necha yoshda edilar? - desam, xotinim:
— 58 yoshdalar, - dedi.
Men yanada bosiqlik bilan:
— Eshitmayapsanmi xabarlarni? Koronavirus 50 yoshdan oshganlarda ko‘p uchraydi.
Mehmondorchiliklar ham vaqtincha to‘xtatilib turilishini-chi, eshitdingmi o‘zi!?
Onangga ayt, men ular haqida qayg‘uryapman, - dedim-da ancha yengil tortdim.
Bu so‘zni 16 yildan buyon shunaqayam aytgim kelardiki...