Er-xotin haqida latifalar

— Xotin, tayyormisan? Buncha imillaysan? Mehmonga kechikayapmiz axir!
— Juda besabrsizda! Bir soatdan beri ikki daqiqada tayyor bo‘laman, deb qulog‘ingizga tanbur chalayapmanmi?
Xotin erining qo‘l telefoniga qo‘ng‘iroq qilyapti, trubkani ko‘targan er:
— Xotinjon, senga keyinroq o‘zim telefon qilaman. Hozir so‘kinishning sira ham ilojisi yo‘q!
Bir erkak ishxonasiga ko‘zi ko‘kargan holda kelibdi. Do‘stlari undan "nima bo‘ldi?", deb so‘rashibdi.
— Xotinim urdi!
— Nega?
— Senlaganim uchun...
— Ol-a, bu narsa uchun urmasa kerak?! Aslida nima bo‘ldi?
— To‘shakda yotuvdik. Xotinim "Biz anchadan beri birga bo‘lmay qo‘ydik, dadasi", dedi...
— Men esa "biz emas, sen", deb yuboribman.
Bir odam ichib olib, mast holda zo‘rg‘a sudralib uyiga kirib kelsa, xotini qo‘lida supurgi, jahl bilan kutib olibdi. Er xotiniga qarab:
— Iltimos xotinjon, uchib ketma! Boshqa ichmayman!, - debdi.
Bir kishi xotinini ko‘chada urib tepib tarbiyalayotsa, bir donishmand bu holni ko‘rib erkakka dedi:
— Taqsir, kaltak hayvon uchun. Xotinni jazolashni eng yaxshi yo‘li, xotinizni ustiga xotin oling, — desa erkak bu gapni yaxshi tushinolmasdan:
— Kechirasiz, so‘zlarizga yaxshi tushunmadim, nima deyabsiz? — desa,
Kaltak yeb turgan xotini eriga:
— Chalg‘imang dadasi, tepavering bu kishiga e’tibor bermang! — dermish.
Er va xotin istirohat bog‘ida sayr qilishmoqda. To‘satdan er xotiniga debdi:
— Azizam, tezda baxtli ayol qiyofasiga kir!
— Iye, nega?
— Qarshimizdan kelayotgan hov anavi ayol — mening birinchi xotinim...
Erta tongda bozorga jo‘nagan eridan xotini so‘rabdi:
— Ha, qayoqqa yo‘l oldingiz?
— Bozordan ot sotib olaman, - debdi eri.
— Xudo xohlasa deng adasi! – debdi xotini.
Eri bo‘lsa:
— Pulim bor. Bozorga ketyapman. Xudo xohlasa ham, xohlamasa ham aniq ot olaman, - deb bozorga ketibdi.
Bozorda yurib-yurib bir otni tanlabdi-da, cho‘ntagiga qo‘lini solsa, pullar yo‘q emish.
Uyga bo‘sh qaytgan eridan xotini:
— Ot qani adasi? – deb so‘rasa, eri:
— Xudo xohlasa kisavurlar o‘g‘irlab ketishdi, - dermish.
Bir kuni xotin eridan so‘rabdi:
— Azizim, menga xiyonat qilganmisiz?
— Yo‘q, - debdi eri.
Xotini:
— Men olamdan o‘tgach, qabrim ustiga boring. Agar bir martta xiyonat qilgan bo‘lsangiz, qabrim atrofida bir martta aylanib chiqing. Ikki martta xiyonat qilgan bo‘lsangiz, ikki martta aylanib chiqing, - debdi.
Shunda er xotiniga qarab:
— Unaqa dema xotin! Meni boshim aylanib ketadi, - dermish.
Xotin eriga:
— Bugun dugonalarim bilan biror joyda o‘tirmoqchidik.
— Aniqroq gapir! Seni mast holda topishim osonroq bo‘lsin, - dermish er.
Bir o‘tinchi dengiz bo‘yida o‘tin kesayotgan ekan, qo‘lidagi boltasi suvga tushib ketibdi. Shunda suvdan Suvparisi chiqib:
— Nega xomushsan, - desa,
O‘tinchi unga qarab:
— Boltam suvga tushib ketdi, - debdi.
Suvparisi suvga sho‘ng‘ib oltin bolta olib chiqsa, o‘tinchi:
— Bu mani boltam emas debdi.
Keyin kumush bolta olib chiqibdi.
— Bu ham mani boltam emas.
Suvparisi o‘tinchiga o‘zini boltasini olib chiqib berib:
— Halol yigit ekansan deb 3 ta boltani berib yuvoribdi. O‘tinchi xotiniga bo‘lgan voqeani aytib beribti. Keyin er-xotin o‘sha suvni yoniga borishibdi. Xotini o‘zini suvga otibdi, keyin yana Suvparisi chiqib:
— Nega xomushsan desa,
— Xotinim suvga tushib ketdi debdi.
Keyin Suvparisi Monnalizani olib chiqibti. O‘tinchi o‘ylanib turib:
— Mana shu mani xotinim, - debdi.
Suvparisi o‘tinchiga qarab:
— Nega yolg‘on gapiryapsan desa, o‘tinchi;
— Hozir bu mani xotinim emas desam, Selena Gomezni olib chiqasan. Bu ham xotinim emas desam, o‘zimni xotinimni olib chiqasan. Shu mani xotinim desam, halol ekansan deb uchalasini berasan. Keyin man 3 ta xotinni qanday boqaman, - dermish....!