Er-xotin haqida latifalar

Bir ayol dugonalari bilan yangi yilni bayram qilibdi va rosa shampanskiy ichib, uyiga mast holatda kech qaytibdi. Qarasa eri uxlayapti. U xotinini kech kelganini bilmabdi ham.
Xotin darhol noutbukini ochib o‘zini ishlatayotganga solibdi.
Eri shovqinda uyg‘onib xotinga:
— Nima bayramda ichib oldingmi?
Xotin:
— Yo‘q, dadasi ertaga juda muhim ishim bor shuni yozayapman!
Eri:
— Yolg‘on gapirma, alkash chemodonni yopib tezda uxla.
Afandi bir kecha sham yoqib xotini bilan gaplashib o‘tirgan edi, birdan shamol turib, shamni o‘chirdi. Uy qop-qorong‘i bo‘lib qoldi.
— Chap tarafingizda gugurt bor, olib shamni yoqib yuboring,—dedi xotini.
— Iye, qiziqmisan, xotin? Qorong‘ida chap tarafni qayoqdan bilib bo‘ladi, deysan!
Xotin eriga kurortdan telefon qilmoqda.
— Bu yerda bir oy dam olib, yarim vaznimni yo‘qotdim. 100 kilodan 50 kiloga tushdim. Yana qolsam maylimi?
— Yana bir oy qolaqol.
Uyga erta tongda qaytgan eriga xotini dedi:
— Uyga nega tong saharda qaytdingiz?!
Eri esa hech ikkilanmay:
— Bunday paytda boradigan boshqa joy bo‘lmasa nima qilishim kerak?! - dermish.
Bir kishi do‘stining xotinini janozasidan xomush bo‘lib uyga kelibdi. Xotini:
— Ha adasi, nimadan buncha xafasiz?, - deb so‘rapti.
Eri bo‘lsa:
— Xotin qara, Baxtiyor do‘stim ikkita xotinini ko‘mdi. Men esa hali birorta-yam ko‘mganim yo‘q!, - dermish.
Bir ayol jon berayotgan ekan. Eridan so‘rabdi:
— Menga xiyonat qilganmisiz?
— Bu nima deganing?! Albatta yo‘q! - debdi eri. Shunda xotini:
— To‘g‘risini aytavering, xiyonat qilganmisiz? Baribir umrim tugayapti, - desa, eri:
— Mabodo o‘lmay qolsang-chi!? - dermish.
Xotin eriga:
— Esizdami tunov kuni tomimizni tuzatgan kishi, o‘shani mashina bosib ketibdi, desa
Eri:
— Endi tomda ham yurib bo‘lmaydigan bo‘libdida
— To‘ydan oldin qanaqa va’dalar bergan edingiz? — deb nozlanib so‘radi xotin.
Er o‘ylab ham o‘tirmay, dadil javob qaytardi:
— Va’dalarim esimda: osmondagi yulduzlarni olib beraman, Oyni hatto Quyoshni ham olib kaftingga tutqazaman, deganman. Lekin har yili yangi palto olib beraman, demaganman.
Zooparkda er-xotin aylanib yurishsa, eri maymunni ko‘rib rosa kulibdi.
Xotini:
— Namuncha kulasiz?
Er:
— Anuni xunukligini qara, - desa
Xotini:
— Shunga shunchalik kulish kerakmi? Men yigirma yildan beri siz bilan yashab kulmayapmanku, - debdi.
Xotin eriga:
— Dadasi, esingizdami turmush qurmasimizdan ilgari har bir uchrashuvimiz romantika edi. Kechalari tashqariga chaqirardiz, man uydagilardan bekinib oldizga chiqardim. Qanday mazza edi...
Xuddi shunday uchrashuvga taklif kiling! - desa,
Eri:
— Xo‘p Azizam, bugun kechqurun soat 22:00da bolalarni uxlatib, oshxonaga chiq choy ichamiz! - dermish.