Er-xotin haqida latifalar

Xotin eriga:
— Meni hech qayerga olib bormagansiz...!
Er:
— Mayli, ertaga axlat tashlashga birga olib ketaman.
Xotinjon, meni kechir. Senga ko‘p azob berdim. Mendan rozi bo‘l.
Xotin:
— Roziman dadasi, roziman!
Er:
— Ayniqsa bir voqeani senga aytmasam bo‘lmaydi. Qo‘shnimiz Oysanam borku? O‘sha bilan yurardim — desa.
Xotini:
— Bilaman dadasi, bilaman! Shuning uchunam sizga zahar berdimda — dermish.
Bir odam uyiga yolg‘on gapirsa uradigan robot olib kelibdi. O‘sha kuni o‘g‘li kech kepti, otasi qayerda yuribsan, - desa.
— O‘rtog‘im bilan dars qildik, - degan ekan
Shu gapdan keyin robot bolani urib ketibdi.
Buni ko‘rgan onasi otasiga qarab:
— Bo‘ldi to‘xtating dadasi, o‘zizni o‘g‘lingiz-ku, - desa
Robot to‘xtab, onasini urib ketibdi.
— Adasi, kecha soat beshdan keyin ovqat yeb, parhezimni buzdim. Iltimos, menga tanbeh bersangiz, boshqa bunday ish qilmay!
— Menga desa, uyatdan yerga kirib ketmaysanmi xotin?!
Er ishdan kelsa, xotini oqsoqlanib yurganmish:
— Iye, xotin oyog‘ingga nima qildi?
— Stulga chiqib oyna artayotganidim, yiqilib tushdim.
— Oyoq butunmi, sinmadimi ishqilib?
— Singani yo‘q-ku, bir oz og‘riyapti.
— Men sendan stulni oyog‘ini so‘rayapman?!
Xotin eriga debdi:
— Azizim, men o‘g‘limizga ism tanlab qo‘ydim!
— Nima ism ekan?
— Leksus deb ataymiz!
— Esing joyidami tentak?
— Endi oilamizda Leksus va Tentak bo‘ladi!
Erkak yarim tunda xotinini uyg‘otib:
— Tur, ko‘zoynagimni olib ber!
— Yarim kechada nima qilmoqchisiz?
— Qiziqarli tush ko‘rayotgan edim, ko‘zoynakda yaxshiroq ko‘raman-da!
Er xotiniga qarab:
— Nega yangi paketchali choy sotib olding?, - debdi.
— Axir eskisini ipi chirib, uzilib ketdi, - debdi xotini.
— Boshqa ip bog‘lab qo‘ysang bo‘lardi-ku, - dermish eri.
Er divanda gazeta o‘qib o‘tirsa, xotini protivogaz kiyib yoniga o‘tiribdi. Eri hatto qaramabdi.
Xotini eriga:
— Menga e’tibor ham bermaysiz-a, - desa.
Eri xotiniga qarab:
— Qoshingni teribsanmi? - dermish
Qorangni o‘chir! — deb ertalab soat 6 da kelgan eriga ayol baqira ketdi. Sho‘rlik er qo‘liga latta olib, uy ishlarini boshlavordi..