Er-xotin haqida latifalar

— Maksim Galkin, xotiningiz Alla Pugachyova bilan urishib turasizmi?
— Yo‘q, aslo urishmaymiz.
— Buni siri nimada?
— Xotinlarni bahonasi bitta! "Yoshligimni xazon qilding!" deb aytadi eriga. Meni xotinim umuman bunaqa demaydi!
— Allo, adasi uyimiz yonyapti!
— Namuncha vahima qilasan?! Har kuni yonmayapti-ku!
Bir ayol eriga:
— Ichishni tashlang, - debdi.
Eri:
— Mayli, tashlayman, - debdi.
— Sigaretni ham tashlaysizmi? - debdi xotini.
Eri:
— Tashlayman, - debdi.
Xotini o‘zida yo‘q xursand bo‘lib:
— Man uchun hayotingizni berarmidingiz? - desa, eri:
— Bunaqa hayotni nima keragi bor, beraman-da, - degan ekan.
— Xotin, bu yil ta’tilimni 20 yil avvalgidek o‘tkazmoqchiman.
— Axir siz bilan 19 yildan beri birga yashaymiz-ku.
— Hamma gapni tushunding xotin!
— Xotiningiz og‘ir asab kasalligiga chalingan. Lekin siz xavotir olmang, bunday bemorlar ba’zan uzoq umr ko‘rishadi.
— Ayting-chi doktor, ularni eri-chi? Uzoq yashay olishadimi?

Yakshanba kuni xotini eriga dadasi bugun mazza qilib dam olaylik desa Eri—mayli xotin Dushanbagacha deb uydan chiqib ketibdi

Qizi:
— Ada, men do‘stimni uyiga dars tayyorlagani ketyapman.
Otasi:
— O‘yda o‘tir! Hech qayerga bormaysan! Onang ham 15 yil oldin biznikiga dars tayyorlagani kelgan edi, haligacha ketkazolganim yo‘q!
Sud jarayoni ketmoqda. Sudya uy egasiga savol beribdi:
— Siz o‘g‘rini o‘z uyingizda ushlab olganingiz rostmi?
— Ha!
— Uyingizga o‘g‘ri kirib olganini qayerdan bilib qoldingiz?
— Xotinimga latifa aytib bersam, shkaf ichidan kulgan odamni ovozi eshitildi...!
— Xotin, mashinamni kalitlarini topgandim.
— Ha, yo‘qotib yana topgan edingiz.
— Ko‘rmadingmi, qayerga qo‘ydim?!
— Azizim, to‘ydan oldin meni taksida olib yurardingiz. Endi esa metroda yuribmiz...
— Chunki sen bilan faxrlanaman. Taksida seni 1 ta odam ko‘radi. Metroda yuzlab odamlar ko‘radi.