Er-xotin haqida latifalar
— Nahotki bu dugonang bilan bor-yo‘g‘i yarim soat gaplashding?!
Xotini:
— Yo‘g‘-ye, dugonammas! Adashib tushibdi...
— Xotining nima deb yozibdi? - desa, mahbus:
— E, o‘g‘lim ikkinchi yil ham beshinchi sinfda qoladigan bo‘pti… Oilamizni sharmanda qilibdi yaramas! - dermish.
— Eringizni ahvoli jiddiy! – deb gap boshlabdi vrach. — Agar uzoq umr ko‘rishini xohlasangiz, unga faqat yaxshi gapirish, mazali taomlar tayyorlab berishingiz, dam olishini ta’minlashingiz, eng muhimi asabiylashmasligi kerak! – debdi.
Xotin vrachni xonasidan chiqib, eri bilan uyga ketayotsa, yo‘lda eri so‘rabdi:
— Vrach nima dedi xotin?
— Sizni uzoq yashamasligingizni aytdi, - debdi xotini.
— Azizim, to‘ygacha meni taksida olib yurardingiz. Endi esa metroda yuribmiz?!
— Sendek go‘zal xotinim borligini hamma bilib qo‘ysin deyapman!
—Adasi, kecha tushimga kiribsiz. Tushimda menga chiroyli ko‘ylaklar olib bergan emishsiz, - debdi.
Eri bo‘lsa kulib:
— Yaxshi bo‘lsang, bugun tushingda taqinchoqlar olib beraman, - dermish.
Ichkuyov bo‘lsa, er nima derkin?!
Xotini ayvonda turib ustidan kulayotganmish:
“Yana bitta g‘ildiragi bo‘lganida mashina bo‘lib qolardi-a, adasi?!”
— Aksincha xotin! O‘sha payt seni eslab chuqur xo‘rsinib qo‘yaman.
Yigit:
— Menga turmushga chiqsang, dunyoni istalgan shaharida dam olasan?
Qiz:
— Unday bo‘lsa, roziman!
To‘ydan keyin.
Yigit:
— Mana, xohlagan joyda dam ol!
Qiz:
— Bu nima?
Yigit:
— Dunyo xaritasini rasmi tushirilgan gilam!