Er-xotin haqida latifalar

Ishga shoshilib chiqib ketayotgan erini xotini to‘xtatibdi:
— To‘xtang-chi adasi. Hech narsani unutmadingizmi? – debdi har kuni ishga ketishdan avval bolalari bilan hayrlashib ketishi kerakligini eriga eslatmoqchi bo‘lib...
Eri shoshib-hovliqib cho‘ntagini kavlabdi-da 10 ming chiqarib, xotiniga berib “Boshqa yo‘q, ushla! Bori shu!” deb yugurib chiqib ketavergan ekan..
Bir erkak uyiga har kuni ichib kelar, ertalab tursa hamma yog‘i momataloq, cho‘ntagida pullari yo‘q bo‘lar ekan.
Bir kuni uyiga ichmasdan kelib, ataylab ko‘zini yumib yotsa, xotini bilan bolalari tayoq olib kelib, endi urmoqchi bo‘layotganlarida o‘rnidan turib:
— Ha, demak bu senlarni ishlaring ekan-da!? – deb hammasini quvlab ketgan ekan.
Hurmatli erkaklar! Xotiningiz bozorda qimmat ko‘ylak kiyib olib, “Shuni olib berasiz!” deb turib olishsa, buni yo‘li juda oddiy.
“Juda chiroyli ko‘ylak ekan-ku, seni semiz qilib ko‘rsatyapti” desangiz bas! Bir zumda bunday katta chiqimdan qutulasiz-qo‘yasiz...
Er xotinidan so‘rabdi:
— Agar sen erkak bo‘lsang, nima qilarding?
Xotini:
— O‘ziz-chi? – debdi.
Barcha ayollar erkaklarni quloqlari bilan sevishadi, o‘qlov bilan esa yomon ko‘rishadi.
Ayrim ayollar ertalab oshxonaga chiqganlarida u yerda erini ko‘rishsa, "Tinchlikmi?" deb so‘rashadi...
Er-xotin mashinada ketayotishsa, eri magnitofonni ovozini baland qilib, xotiniga "Eshit!", - debdi.
Sherali Jurayevni ''Birinchi muhabbatim'' qo‘shig‘i yangray boshlabdi. Er goh rulga mushtlar, goh "uf-f" deb bosh chayqatar ekan.
Buni ko‘rgan xotini janjal boshlabdi:
— Ha, qarigan chog‘ingizda...?! Birinchi muhabbatingiz yodingizga tushib qoldimi!? Uyatsiz, beandisha, sharmanda...
Er bo‘lsa yana bosh chayqatib:
— Eh xotin, nimalar deyapsan!? Chap tarafdagi kalonkadan "chars-chars" degan tovush chiqyapti. Yangisini olish kerak endi..., - dermish.
Televizor ko‘rib o‘tigan erimni yoniga kelib:
— Adasi, bugundan boshlab siz bilan do‘st bo‘lmoqchiman! Menga ishonishingiz mumkin! - dedim.
Shu payt erim o‘rnidan turib, berkitgan joydan pivoni olib, quyib berdi-da, menga qarab:
— Qachon yana billiardga boramiz? - desa bo‘ladimi!!!
Er xotiniga debdi:
— Xotin, mabodo men o‘lib qolsam, kimga tegasan?
Xotini:
— Kimligini bilolmadim. Lekin telefon raqamini berib ketgan, - dermish.
Bir oylik kelin yaqin dugonasiga hasrat qilyapti:
— Kecha kuni bilan chuchvara tugdim. Kechqurun erim kelib…
— Xo‘sh, xo‘sh? Nima dedi ering?
— “Qaytib bunaqangi chuchvara sotib olma” dedi.