Er-xotin haqida latifalar

Jarroh kuyov, qaynotasini operatsiya qilishga tayyorlanmoqda.
Qaynota:
— Ishga juda jiddiy qarang, kuyovbola! Shuni unutmangki, men o‘lsam, qaynanangiz shu kuniyoq qizinikiga ko‘chib boradi.
Er uyiga yugurib kelib, oshxonadan xotinini ko‘tarib chiqib spalniga qarab yuguribdi.
Xotin hayron, 5 yilda birinchi marta deb er, xotinini spalniga yotqizib, ustiga o‘zi yotib. Adiyol bilan ustilarini yopib xotiniga qarab:
— Qara soat oldim qorong‘ida yonadi, debdi
Xotin:
— Kecha yana bo‘kib ichib keldingiz?
Er:
— Nima? Ko‘p ichibmanmi? Eslay olmayman! Uchinchi piyolani eslayman, u yog‘i esimda yo‘q!
Xotin:
— Dadasi to‘ydan keyin rohat farog‘atda yashaysan degandingiz!?
Er:
— Mahallamizni nomi nima?
Xotin:
— Rohat.
Er:
— Ko‘chamizni nomichi?
Xotin:
— Farog‘at.
Er:
— Ana ko‘rdingmi xotin?!
Ikkita kayfi oshib qolgan ulfatlar yarim tunda uyga qaytayotib biri debdi:
— Garov o‘ynaysanmi? Hozir meni xotinim eshikni “Jonim” degan so‘z bilan ochadi.
Ikkinchisi:
— Nimalar deyapsan? Sen o‘lgudek mastsan! Yarim tunda uyga qaytyapsan? Qanaqasiga xotining “Jonim” desin!?
— Hozir ko‘rasan! – debdi-da, eshik qo‘ng‘irog‘ini bosib debdi:
— Eshikni och jonim...
Xotini bo‘lsa:
— Jonim?! Hozir ta’ziringizni beraman! – deb eshikni ochgan ekan.
— Odiljon, sen kimning gapini ko‘proq eshitasan, adangnimi yoki oyingnimi?
— Oyimni.
— Nega?
— Oyim ko‘proq gapiradilar-da.
— Bilasanmi onasi, agar bordi-yu chapga to‘rt martta yursam, unda geometriya qonunlariga ko‘ra yana sening oldingga qaytaman.
— Agar men to‘rt martta chapga yursam-chi?
— Sen onangni uyiga qaytasan!
Bir odamni xotini eriga debdi:
— Adasi ozmoqchiman! Belimga obrach olib kelib bering...
Eri “Xo‘p” deb, ertasiga obrach olib kelib bersa, xotinini beliga shundoq loyiq kelibdi. Xotini “Voy! Nega bunaqasini olib kelasiz?!” deb ming‘irlasa, eri xursand bo‘lib:
— Ana xotin ko‘rdingmi? Seni razmeringni topibman! Lop-loyiq keldi-ya... Ko‘ylak olib bermasam ham o‘lchamlaringni yaxshi bilaman, – dermish.
Ayolingizga “Sen kimga ham keraksan?!” demang!
Hattoki, Shrekning xotiniga ham xaridorlar chiqqan...
Gul do‘koniga bir erkak kirib sotuvchiga debdi:
— Menga eng chiroyli guldastangizdan bersangiz... Xotinimga!
Sotuvchi:
— Juda ajoyib! Xotiningizni tug‘ilgan kunimi?
Erkak:
— Yo‘q, uchrashadigan kunimiz.
Sotuvchi:
— Tanishgan kuningizmi?
Erkak:
— Yo‘q. Men bir oydan beri uyga kelmayapman. Bugun uyga boraman, uchrashamiz.