Er-xotin haqida latifalar

Er:
— Xotin, seni boringga shukur qilaman.
Xotin:
— Sababini ayting!
Er:
— Sababi, shu sen bo‘lmaganingda mahallada meni hech kim yaxshi tanimasdi...
Jahli chiqqan er xotiniga debdi:
— Nega menga aroq ichishga ruxsat bermaysan!? Axir kap-katta odamman-ku!
Xotini bo‘lsa:
— Siz aroq ichib olgach, o‘zingizni ushlab turishni bilmaysiz! – desa, eri:
— Har safar ichganimda sekin o‘rganib boryapman-da! – dermish.
Mahalladagi bolalar ramazon aytib kelishsa, xotini eriga qarab:
— Adasi, borib anavi bolalarni hammasini haydab yuboring! – debdi.
Eri:
— Nega xotin? – desa, xotini:
— O‘tgan kuni men ularga somsa olib chiqib tarqatgan edim. Kecha ular menga “Pazandalik sirlari” degan kitobni tashlab ketishdi...!
— Xotin, raqsga tushma!
— Nega adasi?!
— Qo‘llaringni tushir! O‘ynama dedim senga!
— Zo‘r ashula ekan!
— Rulni ushla!!! Qayoqqa haydayapsan???
— Oilangizda yangi farzand tug‘ildi, shekilli.
— Yangi deyishga ham tilim bormaydi. Baqirib-chaqirishidan ancha tajribasi borga o‘xshaydi.
Bilasizmi nima sababdan erkaklar ayollar uchun tik turib qadah ko‘tarishadi?
Ayollar ularning qulog‘iga "bugunga yetar" deya vishillamasligi uchun!
Er-xotin janjallashayotib er:
— Aybimni tan olaman. Bo‘ldi, men eshshakman! Yana nima istaysan...?
Xotin:
— "Ia" deb baqiring!
Jon berayotgan er xotinini chaqirib debdi:
— Esingdami armiyaga ketayotganimda, sen yonimda eding?
— Ha, esimda...
— Ishdan bo‘shab, uyda uch yil o‘tirganimda ham sen men bilan birga bo‘lganding!
— Ha...
— Avariyaga uchrab, yotib qolganimda ham oldimdan jilmading.
— Albatta, birga bo‘lgandim, yoningizda hamisha...
— Hozir jon beryapman. An’anaga sodiq qolasanmi? Shuni bilmoqchiman.
Bir oylik kelin ota uyiga arazlab keldi. Otasi so‘rabdi:
— Yana nima bo‘ldi qizim?
— Erim bilan urishib qoldim.
— Har safar qaynonang bilan urisharding-ku?
— Qaynonam shuncha javrasam ham indamay qo‘ydi, man ham kim bilandir gaplashishim kerak-ku.
Xotin eridan so‘rabdi:
— Azizim, agar men mabodo sizni tashlab ketsam, ko‘z-yosh to‘kmaysizmi?
Eri o‘ylani-i-i-ib turib:
— Ko‘z-yosh deysanmi? Har-har zamonda yig‘lab tursam kerak...
Xotini arazlab:
— Nega endi har-har zamonda? Har doim emas?
Eri:
— Ovqatga piyozni har doim ham to‘g‘rayvermasam kerak...!?