Er-xotin haqida latifalar

Eri xotiniga quticha beribdi. Quti ustida esa quyidagi so‘zlar yozilgan ekan:
“Men senga kerakligimning 50 ta sababi shu yerda!”
Quti ichidan elektr go‘sht maydalagichning 50 ta qismlari chiqibdi. Xotini ikki soat harakat qilsa ham, uni yig‘a olmabdi.
Shunda quti ustidagi so‘zlarning asl ma’nosini tushunib yetibdi.
Yarim kechada tashqariga chiqib ketgan er, birozdan so‘ng shalabbo bo‘lib qaytibdi.
— Yomg‘ir yog‘yaptimi? - so‘rabdi xotini.
— Yo‘q. Kuchli shamol bo‘lyapti, - dermish eri.
— Kecha xotinim bilan ajrashib ketishimga sal qoldi.
— Nimaga sal?
— Janjal paytida "bo‘ldi uyga ketaman" dedi, lekin ketishidan oldingi pardozini shunchalik uzoq qildiki, qayerga otlanganini unutib ham qo‘ydi.
Er:
— Onasi bugun qizimizni bog‘chaga o‘zing tashlab kelaqol. 5000 beraman.
Xotin:
— 10000 bersangiz tashlab kelaman.
Qizcha:
— Dada, menga 2000 bering o‘zim ketaveraman bog‘chaga.
Er jahl bilan xotiniga:
— Nimaga shimimni faqat yarmini dazmollading? - desa.
Xotini:
— Men sizga 100 marta aytdim, "dazmolimizni simi kalta, boshqa dazmol sotib oling deb", - dermish.
Xotini xasis eridan so‘rayapti:
— Dadasi, bugun ovqatga tuxumni oqini solaymi, sarig‘inimi?
— Bugun bayram, mayli butun solaqol!, - dermish eri.
Bir ayol pul topib olibdi, sanaychi deb qo‘liga tupursa pulga tegib ikki baravar ko‘payibdi, yana tupursa ko‘payib borarmish. Tupuraveribdi, tupuraveribdi. Bir payt qars etib qulogi ostiga shapaloq tushibdi. Qarasa eri o‘tirganimish:
— Hamma joyni tupurib rasvo qilding-ku, uyg‘on, padaringa la’nat!
Ayol eriga qarab:
— Bundan keyin aroq ichmaslikka so‘z berasizmi? – debdi.
Eri bo‘lsa xotinini yonida shirakayf turib, hayol suryapti:
“15 yildan beri shu xotinim bilan yashayman. Haliyam mendan umidi katta...”
Bir kishi shoshilib kirib xotinini chaqirdi-da, ko‘ylagini ko‘tarib “Belimga tupur”, deb buyurdi. Xotin uning bu amridan ajablandi.
— Bo‘laqol, belim og‘rib, jonimni olyapti. Do‘xtirga borgan edim, ilonning zahrini surting dedi. Dorixonada bunaqasi yo‘q ekan. O‘zing tupurib qo‘ya qol, tilingga tegib chiqqan tupuging o‘nta ilonning zahriga tatiydi.
Xasis er xotiniga dedi:
— Xotin, bilasanmi?, gazetada yozishicha, bir martta yurakdan kulish, to‘rtta tuxumning quvvatini berarkan. Har kuni qozon osavermay, bolalarni kuldirib ham turish kerak!