Erkaklar haqida latifalar

Hayotda oliyjanob erkaklar qolmagani haqidagi gaplar noto‘g‘ri. Mana masalan, men bugun xotinimga soyabon tutib turdim. U mashina g‘ildiraklarini tezgina almashtirib oldi...
Ikki baliqchi suhbatlashmoqda. Biri maqtana boshlabdi:
— Bilasanmi oshna, bir kuni men shunaqangi baliq tutdimki, o‘lchashga tarozining shkalasi yetmadi.
Shunda ikkinchisi:
— Baribir mening tutganimdan kichik ekan. Men tutgan baliqning suratining o‘zi naq ikki kilo chiqqandi...
Bir kishi o‘rmonda adashib qolibdi va baqira boshlabdi. Bir payt yelkasiga kimdir qo‘lini qo‘yibdi. Qarasa ayiq!
— Nimaga baqiryapsan, odam?
— Kimdir eshitadimi dedim.
— Mana, men eshitdim. Bundan senga foyda bo‘ldimi?
Ko‘chada qizaloq yig‘lab tursa, yoniga bir odam kelib:
— Kap-katta qiz ekansan. Nega yig‘layapsan?
Qizaloq:
— Nima ishingiz bor. Yo‘qoling bu yerdan! - debdi.
Haligi odam yana:
— Kichkina bo‘la turib, bunaqa yomon so‘zlarni qayerdan bilasan?
Qizaloq:
— Tushunmadim. Bir kap-katta deysiz, bir kichkina deysiz...?!
Ikkita so‘qqabosh suhbatlashyapti:
— Yaqinda pazandalik kitobini sotib olgandim, ammo undan foydalanishning iloji yo‘q ekan.
— Nega?
— Kitobdagi har bir tavsiya «Toza idishni olasiz» degan so‘z bilan boshlanarkan.
Yoshim 25 da bo‘lsa ham, hafta kunlarini eslasam, maktabdagi kundaligim ko‘z o‘ngimga keladi.
Sizlarda-chi?
Bir yigit shoshilib hojatxonaga kirsa, yonidagi xonadan ovoz eshitilibdi:
— Qalaysan
— (hayron bo‘lib) Yaxshi — debdi
— Nima qilayapsan
— Hojatxonada o‘tiribman!
— (past ovozda) Keyinroq telefon qilaman...bir ahmoq men bilan gaplashyapti
Er shimini hafsala bilan dazmollayotgan xotinini ko‘rib so‘rabdi:
— Tinchlikmi onasi?! Bugun chiroyli kiyinib ko‘chaga chiqsam, menga qizlar qarar ekan-da...! – desa xotini:
— Dazmollangan, yaxshi kiyingan erkak oilali bo‘lishini hamma qizlar bilishadi, - debdi.
Bir kuni tunda afandi mehmondan qaytayotsa, yo‘lda kalondimog‘ boy uchrab qolibdi. Boy:
— Ha afandi, men sizni mol deb o‘ylabman, - debdi.
Afandi hozirjavoblik bilan:
— Ha boy ota, men bo‘lsam sizni qorong‘uda odam deb o‘ylabman, - degan ekan.
Choyxonada yigitlar ziyofat qilib o‘tirishsa, bir otaxon narigi supada yigitlarga havas bilan qarab o‘tirgan ekan.
— Otaxon, biz ham sizga o‘xshab yuraylik, bir duo qiling, - debdi yigitlar.
Otaxon:
— Omin, meni yoshimga kiringlar, ammo men qilgan ishni qilmanglar! – debdi.
Yigitlar:
— Nega unaqa deyapsiz? – desa, otaxon:
— Chunki hayotimda 25 yil qamoq ham bor-da, - degan ekan.