Erkaklar haqida latifalar
— Men bu mashinani hayday olmayman. Avtomaktabdagi mashinalarda 3 ta tepki bor edi-ku, - debdi xotini asabiylashib.
Eri unga:
— Menda avtomat! - desa, xotini battar asabiylashib:
— Meni qo‘rqitmang!!! - debdi.
Bir erkak yangi yilkirib kelayotganda “Xotinim kamroq gapiradigan, qaynonam biznikiga mehmonga kelmaydigan bo‘lib qolsin” deb niyat qilibdi.
Shundan buyon uni xotini eriga indamasdan onasini ko‘rgani uyiga borib-keladigan bo‘lib qolgan ekan.
— Yuzimga qarashga endi qanday chidaysiz? – debdi xotini.
Er bo‘lsa unga:
— Hechqisi yo‘q onasi, shuncha yil chidab kelyapman, bu yog‘i ham qarayveraman, - dermish.
— Endi sen bilan hech qachon janjallashmaslikka qaror qildim.
Xotin bo‘lsa jig‘ibiyron bo‘lib:
— Nima? Qaror qilganmush! Oldin mendan bir og‘iz so‘radingizmi?
— Tomoshabinlar uyg‘onib ketmasliklari uchun bolam.
Bu esa xotinini eriga bo‘lgan ishonchini oshirdi va "yashirin" qo‘ng‘iroqlarga imkoniyat yaratib berishga xizmat qiladi.
—Adasi, manavi piyoda jonidan to‘yganmi?! 10 daqiqadan beri mashinani oldiga tushib olib yugurib ketyapti, - debdi xotini.
Eri bo‘lsa:
— Piyodalar yo‘lagida yurma deb senga necha martta aytganman! – debdi.