Erkaklar haqida latifalar
— Yuzimga qarashga endi qanday chidaysiz? – debdi xotini.
Er bo‘lsa unga:
— Hechqisi yo‘q onasi, shuncha yil chidab kelyapman, bu yog‘i ham qarayveraman, - dermish.
Kechirasiz xonim, men uylanganman!
Ayol bo‘lsa unga javoban:
—Voy xudoyim-yey, men bo‘lsa kasal ekansizmi deb o‘ylabman...
— Nega kayfiyating yo‘q?
— Xotinim bilan urishib qoldim.
— Nega urishding?
— Yangi ko‘ylak sotib olgan ekan. "Meni semiz ko‘rsatmayaptimi?" deb so‘radi.
— Sen nima deding?
— To‘g‘risini aytdim.
— Judayam semirib ketyapman. Boshqasini yoqtirib qolmaysizmi ishqilib?!
Er debdi:
— Xavotir olma xotin! O‘z vazningda ayollar ichida eng go‘zali sensan!
— Do‘konga.
— Plastik kartamni oldingmi?
— Ha, oldim.
— Ichidagi pullarni ishlatmagin!
Ishdan qaytgan er ovqatlanishga o‘tirsa, xotini so‘rabdi:
— Paypog‘ingizni almashtirmadingizmi?
— Almashtirdim, - debdi eri.
— Ishdan kiyib kelgan paypoqni yeching! - debdi yana xotini.
— Yechganman xotin, - desa, xotini:
— Unda nega bunaqa hid kelyapti? - debdi.
Eri:
— Shunaqa qilishingni bilib, yechgan paypog‘imni cho‘ntagimga solib olgan edim, ko‘rsataman deb, mana, - dermish eri.