Erkaklar haqida latifalar

Yigit:
— Menga turmushga chiqsang, dunyoni istalgan shaharida dam olasan?
Qiz:
— Unday bo‘lsa, roziman!
To‘ydan keyin.
Yigit:
— Mana, xohlagan joyda dam ol!
Qiz:
— Bu nima?
Yigit:
— Dunyo xaritasini rasmi tushirilgan gilam!

Xotin eridan so‘rayotganmish:
— Adasi, sochlarim chiroylimi?
— Ha, chiroyli.
— Ko‘zlarim-chi?
— Ko‘zlaring ham.
— Burnim chiroyli-a?
Er hayron bo‘lib:
— Nima, ko‘zguda ko‘rinmayapsanmi???
Aytishlaricha, badavlat insonlar sahar turishar ekan.
Xotinimni mendan berkitgan boyliklari qayerda ekan-a?!
Bir kishi kechasi uxlab yotsa, eshik taqqillab qolibdi.
— Kim u? – debdi hovliga mo‘ralab.
— Sizlarga o‘tin kerakmi? – debdi notanish odam.
— Yo‘q, kerakmas! – deb uxlashga kirib ketibdi.
Ertalab tursa, hovlida yig‘ib qo‘ygan o‘tinlari yo‘q emish.
Baliq ovidan yaxshi kayfiyatda qaytgan er xotiniga:
— Qara, qancha baliq tutganimni! Bugun ovim baroridan keldi! - debdi.
Xotini:
— Aldamang! Shuncha baliqni o‘zingiz ovlamagansiz! Qo‘shnimiz sizni baliq do‘koniga kirib-chiqganingizni ko‘ribdi-ku! - desa, eri:
— To‘g‘ri, kirdim. Tutgan baliqlarimni yarmini sotib yuborishga to‘g‘ri keldi-da! - dermish.
O‘qituvchi Azizjondan so‘radi:
— Sen katta bo‘lsang kim bo‘lasan?
Azizjon:
— Kambag‘al bo‘lmoqchiman.
O‘qituvchisi:
— Nega? Axir bu yaxshi emas-ku!
Azizjon:
— Chunki dadam ikki qavat hashamatli uylar, qimmatbaho mashinalarni yonidan o‘tayotib, "Qara o‘g‘lim, kambag‘allarni uyi ekan..." - deydilar.
Ta’qiqlangan joyda baliq ovlayotgan odamni yonida inspektor kelib:
— Sizga katta miqdorda jarima yozaman, - debdi.
— Nima qilay inspektor!? Bu yerda dam olib o‘tirsam, shu baliq o‘zi suvdan chiqib kelaveradi, - debdi.
— Qanday qilib? Qani ko‘rsating-chi?! - desa, haligi odam baliqni suvga tashlab yuboribdi.
— Qani baliq chiqib kelayotgani? - debdi inspektor.
Haligi odam:
— Qanaqa baliq? Men bu yerda shunchaki dam olib o‘tiribman! - degan ekan.
Bo‘ydoq yigitdan so‘rashibdi:
— Sen tengi o‘rtoqlaringni hammasi uylanib xotin, bola-chaqali bo‘lishdi. Senga alam qilmaydimi?!
Yigit javob beribdi:
— Nima qilay alam qiladi! Ularga qanday yordam berishni bilmayman-da!
— O‘g‘lim, hech qachon chiroyli qizga uylanma!
— Nimaga ada?
— Chiroyli qizlar seni tashlab ketadi!
— Xunuk qizlar ham tashlab ketishi mumkin-ku?!
— Ketsa-ketavermaydimi!
Er-xotin ajrashishmoqchi bo‘libdi. Sud jarayonida tortishib qolibdi:
— Ikkita farzandimiz men bilan qoladi, bittasi sen bilan! - debdi eri.
— Yo‘q! Ikkitasi men olaman, bittasini siz olasiz! - debdi xotini.
Sudya ajrim qilibdi:
— Uyga ketaveringlar! To‘rtta farzandli bo‘lganingizga kelasizlar!