Erkaklar haqida latifalar
— Do‘stim bilasanmi, kecha shunaqa “ketvorgan” negr qiz bilan tanishdim... Qaddi-qomati kelishgan, sochlari jingalak, o‘zi shirinso‘z, ...
— Xo‘sh keyin nima bo‘ldi?
— Keyin biz tungi klubga bordik. Klub ichkarisi juda-yam qorong‘i ekan jin ursin!
— Nima bo‘ldi?
— Qorong‘ida uni yo‘qotib qo‘ydim.
1:25 - Qayerdasan?
3:15 - Qayerlarda sang‘ib yuribsan?!
4:20 - Bo‘ldi, topdim! Uxlayver...
— Nima qilibdi xotin? Oilam bollarim bilan birga nonushta qilaman deb kelsam buni nimasi yomon?
— Azizim, men homiladorman!
— Nima?! Bo‘lishi mumkinmas!
— 1 aprelingiz bilan...
— Gulmira, bu yoqqa kelgin.
— Qanaqa Gulmira? Kim u?
— O‘zingni ham bayraming bilan...!
— Meni go‘zal malikam qani? - desa, xotini yugurib chiqib:
— Shu yerdaman adasi, - debdi.
— Sen yovuz jodugarsan-ku. Men qizimni chaqiryapman, - dermish eri.
— Ovqat haqini dollardayam olaverasizlarmi?
— Olamiz.
— Hmm... Plastik kartochkada-chi?
— Olaveramiz.
— Hm-m-m... Ichkilikdan bo‘shagan shisha bilan to‘lasam-chi?
Qizimga: "Suvdan chiq! Ko‘karib ketding..."
Erimga: "Bardan chiqing! ...!!!"
— Korxonangiz yopilayotgan emish... Eshitdim!
Eri:
— Kim aytdi senga buni? Qayoqdan topasan shunaqa gaplarni?!
Xotini:
— Mahalladagi ayollar gapirishdi...
Eri:
— O‘sha g‘iybatchilarni gapiga ishondingmi? Gapiraveradi-da!!!
Ertasi kuni ishdan kayfiyati yomon kirib kelgan eri xotinini chaqirib dermish:
— Borib mahalladagi ayollardan bilib kel-chi, meni endi qayoqqa ishga o‘tkazishar ekan?!
— Ada nima ko‘ryapsiz?
— Yengil atletika bo‘yicha yugurish musobaqasini o‘g‘lim. Hozir hammasi yuguradi, bittasi g‘olib bo‘ladi. Ana shu bitta sportchiga sovrinni berishadi.
— Unday bo‘lsa qolganlari nega yugurishyapti ada???
Ochib qarasam, ayollarni chiroyli yozuvida telefon raqami va ikki og‘iz gap yozilgan:
"Qo‘ng‘iroq qiling, afsuslanmaysiz!".
Xursand bo‘lib raqamni tersam, "Ortiqcha vazndan qutulmoqchimisiz? Men sizga yordam beraman!"