Erkaklar haqida latifalar

Bir yigitni yuzlari tilingan, bir ahvol bo‘lib kelayotsa, oldidan tanishi chiqib qolibdi:
— Voy... Bu nima ahvol!? Yuzingga nima qildi?
— Yaxshi ko‘rgan qizimni deb urushib ketdim.
— Kim bilan? Qizning boshqa sevgan yigiti bor ekanmi?
— Yo‘g‘-ye. Xotinim bilan...!
Bir erkak uyga kelsa, xotini yotoqxonada yotgan emish.
— Bemahalda nega bu yerda yotibsan? - desa, xotini:
— Yuragim huruj qilib qoldi, - debdi.
Eri tez yordamga qo‘ng‘iroq qilish uchun yo‘lakdagi telefonga yugurib chiqsa, o‘g‘li debdi:
— Ada, shkafni ichida qo‘shni amaki o‘tiribdi!
Er yotoqga qaytib kirib, shkafni ochsa, haqiqatdan qo‘shni kishi kiyimsiz o‘tirgan ekan.
Shu payt erini jahli chiqib ketib, shkaf ichidagi qo‘shnisiga qarab:
— Anavi yerda xotinimni yuragi huruj qilib yotibdi, sen bo‘lsa shkafni ichida xotirjam o‘tirishingni qara! - dermish.
Ko‘p yillik er-xotin suhbati:
— Xotin anavi narsa qayerda edi?
— Boyagi yerga qo‘yib qo‘ygandim.
— Ha, topdim. Rahmat.
Agar sizni xotiningiz juda-yam uyquchi bo‘lsa, tongda budilnik tovushiga ham uyg‘onmasa, buni yo‘li oson:
Begona ayolni ismini aytib uyg‘oting!
Mini yubka va kalta maykadagi bir xotin narvon qo‘yib, oyna artayapti. O‘n minutdan keyin uning eri baqiribdi:
— Yig‘ishtir ishingni, pastga tush. Sening shu ahvolda oyna artayotgan rasmingni, Telegram'dagi kanallarga chiqarib yuborishibdi!
Ishxonaga yuzlari tirnalgan erkak kirib kelibdi. Bu ahvolni ko‘rgan do‘sti undan:
— Nima bo‘ldi? - deb so‘rasa,
— Xotinim! - debdi.
— Xotining onasiniki ketgan deb o‘ylagandim?!
— Men ham shunaqa deb o‘ylagandim...
Er-xotin aylangani chiqishsa, yo‘lda tilanchi o‘tirganmish. Er tilanchiga sadaqa berib, undan so‘rabdi:
— Chekasizmi?
— Yo‘q.
— Ichasizmi?
— Yo‘q ichmayman.
— Jazmaningiz-chi bormi?
— Yo‘q, - desa, haligi er xotiniga qarab:
— Ko‘rdingmi, ichmagan, chekmagan, yurmagan erkakni ahvoli nima bo‘ladi?! - dermish.
Xotin eriga debdi:
— Afrikada bir qabila bor ekan. U yerda erlar xotinini sotib yuborarmish. Agar biz o‘sha qabilada yashaganimizda, siz meni sotib yuborarmidingiz?
Eri debdi:
— Sotib o‘tirmasdim. Sovg‘a qilib yuborgan bo‘lardim.
Bir ayolning eri har kuni mast bo‘lib uyiga kelar ekan.
Nihoyat xotinini sabri tugab eriga debdi:
— Dadasi, agar ertaga ichishni tashlasangiz, boqib turgan qo‘chqorimizni oyog‘ingiz ostiga so‘yaman, - debdi.
Ertasi kuni eri har kungidan battar ichib, mast bo‘lib kelibdi va to‘g‘ri qo‘yxonaga borib, qo‘chkorga qarab debdi:
— Qo‘rqma! Sen so‘yilmaydigan bo‘lding! Toki men tirik ekanman, hali ko‘p yashaysan!
Er-xotin uyiga yangi lyustra sotib olibdi.
Eri tepaga chiqib, lyustrani o‘rnatayotib xotinidan so‘rabdi:
— Chiroqni o‘chirdingmi ishqilib?!
— Ha, - debdi xotini.
Bir payt xotinini qitmirligi tutib, eri bilan hazillashgisi kelib qolibdi. Sekin erini tovonini tirnoqlari bilan qitiqlasa, eri:
— Voy dod! – deb pastga sakrab tushibdi.
Xotini:
— Ha, nima bo‘ldi adasi? – desa, eri:
— Ming la’nat! Chiroqni o‘chirdim deganding, tok urib tovonimgacha zirillatvardi! – dermish.