Haqiqat-adolat haqida latifalar

— Sizdan hafaman, - debdi qiz yigitga nozlanib.
— Hafa bo‘lmang, - deb yigit qizni qo‘lidan ushlabdi.
— Men sizdan juda-yam qattiq hafaman, - dermish qiz yigitga yana ko‘proq noz-karashma qilib.
Tez yordamda ishlovchi vrachning shiori:
Qanchalik kech yetib borsang, shunchalik diagnoz aniq bo‘ladi!
Qani edi...:
Taksichi gapirmay ketsa.
Sartorashing har safar "Qanaqa qilib kesamiz?" deb so‘ramasa.
Chol kampirga debdi:
— Kel kampir, bir-birimizga haqiqatni aytaylik! Menga necha bor xiyonat qilgansan?
Kampir:
— Oldin o‘zingiz ayting, - debdi.
Shunda chol tomdan bir xalta mosh olib tushib debdi:
— Mana! Shuni ichida necha dona mosh bo‘lsa, shuncha xiyonat qilganman.
— Endi sen ayt, - desa, kampir sandiqdan bir hovuch yong‘oq olib cholni oldiga qo‘yibdi. Keyin kampir choliga:
— Insofsiz ekansiz! Bir xalta mosh qanaqangi ko‘p bo‘lishini bilasizmi?! Shuncha martami? – desa,
— Yo‘q. Meni do‘konga mosh olib kelishga yuborganingda 3-4 haltasini olib chiqib senga bergandim, - degan ekan.
Bolakay otasidan so‘rabdi:
— Dada, 2 ta savol bersam maylimi?
— Mayli, so‘ra!
— Birinchisi - menga yangi o‘yinchoq olib berasizmi? Ikkinchisi - nimaga yo‘q?
Sen o‘zingni ulg‘ayganingni bilishing qiyin emas! Hamma narsani go‘sht narxi bilan o‘lchay boshladingmi, tamom!
— Yur, kinoga boramiz!
— Qo‘ysang-chi! Ikki kilogram go‘shtni pulini yo‘q qilib kelamiz...
— Shashlikka boraylik...!
— Yo‘g‘-ye... O‘shani puliga go‘sht olib uyda yeymiz.
— Nega ishga kech qolib kelyapsiz?
— Uydan kech chiqgandim...
— Ertaroq chiqsangiz bo‘lmaydimi?
— Ertaroq chiqishga kech bo‘lgan edi.
Bugun ishxonamizdan karantin e’lon qilib uyga javob berib yuborishdi.
Karantin vaqtida ham oylik maoshimiz to‘liq berilishini, tibbiy niqoblar dorixonalarda 500 so‘m ekanini, oziq-ovqatlarning narxi oshmasligini e’lon qilishdi.
Keyin shu joyda men uyg‘onib ketdim...
Bir kishi safarga ketayotib, yo‘lda Koronavirusni uchratib qolibdi.
— Qayerga ketayapsan? - so‘rabdi virus.
— Ziyoratga. Sen-chi?
— Sening yurtingga, besh ming kishini olib ketishga, — debdi virus.
Har kim o‘z yo‘lida ketibdi. Yil o‘tib, ular yana o‘sha joyda ko‘rishib qolishibdi.
— Sen aldading, - debdi virusga haligi kishi, — Besh ming kishini olib ketaman deb, yurtimdan ellik besh ming odamni olib ketibsan!
— Yo‘q, Men rostdan ham besh ming kishini olib ketdim. Qolgani vahimadan, ayrimlari oziq-ovqatga bo‘kib o‘lishdi, - debdi virus.
Bugun korzinkada aravachaga bir talay oziq-ovqatlarni to‘ldirib olgan ikkita yigitga ko‘zim tushdi.
Biri ikkinchisiga:
— Shuncha grechka, un va shakarlarni nima qilamiz? - desa, ikkinchisi:
— Menimcha g‘irt ahmoqgarchilik bilan shug‘ullanyapmiz! - debdi.
Keyin yana birinchisi:
— Ko‘p gapirmasdan yog‘dan ol! Qara hamma olib ketyapti. Hozir qolmaydi...! - dermish.