Haqiqat-adolat haqida latifalar

Qo‘lida rangli qalam ushlagan bolachalik hech kim xonalarni bezata olmaydi.
Qo‘ng‘iroq qilsang, "Eshitmabman", "Telefonim yonimda emas edi" deyishadi.
Telegramdan yozsang, darrov o‘qishadi.
O‘qituvchi Valijondan so‘rabdi:
— Valijon, nega inshoda "Katta bo‘lsam, bog‘cha opa bo‘laman. Men 4 ta farzandni onasi bo‘laman" deb yozding?
Valijon debdi:
— Gulmirani daftaridan ko‘chirgan edim, ustoz...
Agar qo‘l telefoningizni quvvati ish kunining oxiriga kelib 95%ni ko‘rsatayotgan bo‘lsa, demak shu kuni rostan ham ishlangansiz.
— Kecha xotinim yangi olib bergan mashinani pachoq qilibdi.
— Xotiningni o‘zini ahvoli yaxshimi?
— Hozircha yaxshi. Berkinib olgan, topolmayapman!
— Qozon kabobga nima qo‘shib tayyorlagan edingiz qudajon?
— Aytolmayman, bu pazandalik siri...
— Aytaqoling! 3 kundan beri reanimatsiyada yotibman. Vrachlar topa olishmayapti.
Uyda Wi-FI ishlamay qoldi. Hozir borib idishlarni yuvaman, kirlarni yuvaman, uy tozalayman, kechki ovqatni tayyorlayman, ...
Iye, ana bo‘ldi! Ishlab ketdi!
Eri ichish va chekishni tashlagan ayollar, ularni boshqa kamchiliklarini seza boshlashadi.
— Nimaga pasportimda buncha ko‘p bo‘sh sahifalari bor?
— Bu seni hayoting zerikarli ekaningni bildiradi.
— Ozgina sabr qilinglar! Uyingiz isib qoladi.
— Iye, gaz keladimi?
— Yo‘q, bahor keladi.