Haqiqat-adolat haqida latifalar
— Sen doim shunaqa jiddiymisan?
— Yo‘q! kulguli tomonlarim ham bor.
— Nimang kulgili?
— Oylik maoshim.
— Futbolchilar o‘zi tepgan to‘pni o‘zi quvlaydi.
— Vrachlar bemorni qayeri og‘riyotganini bilib turib, "Qayeringiz og‘riyapti?" deb so‘raydi.
— O‘qituvchilar o‘zi bilgan savolni o‘quvchilardan so‘raydi.
So‘nggi yangiliklarning eng ishonchli manbaalari:
1. Telegram.
2. Instagram.
3. Feysbuk.
4. Mahalladagi xotinlar.
— Azizim, to‘ygacha meni taksida olib yurardingiz. Endi esa metroda yuribmiz?!
— Sendek go‘zal xotinim borligini hamma bilib qo‘ysin deyapman!
— Do‘stim, nega ko‘rinmay ketding?
— Do‘kon ochgandim.
— Zo‘r-ku!
— Meni 2 yilga qamab qo‘yishdi.
— Nega? Do‘konni yomon yo‘l bilan ochdingmi?
— Yo‘q, lom bilan ochgandim.
1. Chap ko‘zingizni yumib, hech qanday yozuvni o‘qiy olmaysiz.
2. 1-faktni o‘qib, o‘zingizda tekshirib ko‘rasiz.
3. Aldanganingizni bilib kulasiz.
Buvisi:
— Berkin! O‘qituvching kelyapti! Bugun darsga bormading-ku! - desa, nabirasi:
— Siz berkining! Sizni o‘lib qoldilar deganman, - debdi.
— Siz uyda kimsiz?
Adasi:
— Men bu uyda direktorman.
Kunlarning birida bola adasiga:
— Ada, siz xizmat safariga ketganingizda uyimizga yangi direktor keldi...
— Isming nima?
— Y harfidan boshlanadi, toping-chi! - debdi bolakay.
— Yo‘ldoshmi? Yigitalimi? ...
— Yo‘q, topa olmadingiz! Yustam.
— Rustam ekan-ku?! Nega Y dan boshlanadi deysan?!
— Y hayfini ayta olmayman!