Haqiqat-adolat haqida latifalar

Kredit - piyolaga quyilgan choyga o‘xshaydi.
Avval qaynoqqina bo‘ladi. Odamga yoqadi. Keyin muzdek bo‘ladi. Ichgan sari muzlatadi.
Bir donishmand g‘iybatchilarga qaratib shunday debdi:
Aytaylik, sen yomonlayotgan odamning obro‘si to‘kildi. Lekin to‘kilgan obro‘ seni yo‘q obro‘ingga kelib qo‘shilmaydi-ku!?
Ayol kishiga birorta ko‘ylak yoqib qolsa-yu u ayolga kattaroq bo‘lsa, 1 oydan keyin ayol qomatini o‘sha ko‘ylakka moslashtirib oladi.
— Maksim Galkin, xotiningiz Alla Pugachyova bilan urishib turasizmi?
— Yo‘q, aslo urishmaymiz.
— Buni siri nimada?
— Xotinlarni bahonasi bitta! "Yoshligimni xazon qilding!" deb aytadi eriga. Meni xotinim umuman bunaqa demaydi!
Ayollar erlarini gapini faqatgina bir holatda diqqat bilan tinglashadi:
Eri telefonda past ovozda "kim bilandir" gaplashayotganida.
Ayol yuzingizga tarsaki tushirsa, demak u yaqindan tanishishga rozi.
Tilanchi:
— Sadaqa bering...
Bir kishi:
—Pulim yo‘q edi...
Tilanchi:
—Ishlash kerak birodar!
Ikki yigit:
— Yoshim o‘tib qoldi do‘stim.
— Nega unday deyapsan?
— Avvallari "Nega uylanmayapsan?" deyishardi. Endi bo‘lsa, "Nega shu paytgacha uylanmagansan?" deb so‘rashyapti.
— Salom, Rasul aka! Bugun men haydovchilik guvohnomasini oldim.
— Salom! Nega buni menga yozyapsan? Axir biz allaqachon ajrashib ketganmiz-ku!?
— Shunchaki, endi yo‘llarda ehtiyot bo‘ling!
— Rahbaringiz yaxshimi?
— Juda yaxshi.
— Rostanmi?
— Rostan! Yomonlasang, darrov bo‘shaysan.