Haqiqat-adolat haqida latifalar

Hozirgi yoshlarni bir sutka 25 soat vaqti "internetda o‘tirish"ga ketadi.
Bir oyda 30 kun san’atkorlarni yomonlab kommentariy yozishga ketadi.
35 yil umri bekorga o‘tib ketyapti. Lekin... 4 qator she’rni yodlay olishmaydi.
— Ko‘zlaringdan bilinib turibdi, yana ichib kelibsan.
— Qomatingdan bilinib turibdi, yana bo‘kib ovqat yebsan.

Lo‘lilar kaftingizni ochib ichida pul ko‘rsa, bo‘ldi!
Hayotingiz faqat baxtdan iborat bo‘lishini aytib berishadi.

Lo‘lilar kaftingizni ochib ichida pul ko‘rsa, bo‘ldi!
Hayotingiz faqat baxtdan iborat bo‘lishini aytib berishadi.

Bemor shifokor ko‘rigidan o‘tdi.
— Xo‘sh, menda qanday kasallik bor ekan?
— Sizda istagan kasallik: oddiy tumovdan tortib juda kam uchraydigan yurak nuqsoni ham bo‘lishi mumkin... Hammasi sizning moddiy ahvolingizga bog‘liq.
— Yur, aylanib kelamiz.
— Bormayman. Oyoqlarim og‘riyapti.
— Nima bo‘ldi?
— Yoshim 40 dan oshdi.
Erkak kishi yo‘q dedimi - demak yo‘q!
Erkak kishi xo‘p dedimi - demak xo‘p!
Erkak kishi yo‘q deb turib, keyin xo‘p deyishga majburmi - demak u uylangan.
— Pulni qaysi hayvonga o‘xshatasan?
— Kelishini toshbaqaga o‘xshataman. Ketishini quyonga o‘xshataman.
Xorijga ketayotgan erkaklar pingvinga o‘xshab borishmoqda.
Erta bahorda ketishadi-yu, qishda qaytishadi.
Barakalla o‘quvchim! Bugungi uy vazifalaringga 5 baho. Adangga uy vazifalarini bajarishga hech kim yordam bermadimi?