Haqiqat-adolat haqida latifalar

Qorbobo:
Bu yil mendan hamma beva ayollar turmush o‘rtoq sovg‘a qilishimni so‘rashdi.
Nima emish!? Chol bo‘lsa ham mayli, ichmasa, chekmasa, urmasa, saxiy bo‘lsa, kifoya deyishibdi.
Eh, axir men ularni barchasiga uylana olmayman-ku!
Agar yigitlar 25 yoshgacha uylanmasa, undan keyin hammasi "hali yoshman" deydigan bo‘ladi.
Nikoh o‘qish marosimidan:
Mirsaid qizi Gulmiraxon, Abdullajon o‘g‘li Azamatga turmushga chiqishga, u bilan borlikda ham, yo‘qlikda ham, salomatlikda ham, kasallikda ham, mastlikda ham, tetiklikda ham, chiroq, gaz, suv borligida ham, puli tugab o‘chib qolganida ham, kredit to‘langanda ham, to‘lanmaganda ham, kvartirada ham, o‘z uyingizda ham birga yashashga rozimisiz?
Yigitlarni xotirasi yaxshi emas!
Bilasizmi nega?
Sevgan qizini birinchi ko‘rgan kuni, telefon raqamini olgan kuni, uchrashuvga chiqgan kuni, kafega borgan kuni, gul bergan kuni, ...
Bularni barchasini eslab qolishga qiynalishadi. Shuning uchun hammasini bir kunda bajarishga harakat qilishadi.
Er uxlab yotgan xotinini tepasiga kelib "Eh xotinjon gapirmasdan jim tursang qanday go‘zalsan!" degan ekan.
Yangi kelinchak Gitlerga o‘xshaydi.
2-3 oy reja tuzadi-da, bir umr jang qiladi.
Shu arzimagan oylik maoshni orqasidan uy-joy qildim, mashina oldim, to‘ylar qildim, ...
Ko‘rdingizmi, yolg‘on gapirsa hamma narsa qanchalik oson...?!
Millionlab insonlar telefon naushniklarini simi chigal bo‘laverishidan aziyat chekadi.
Shuning uchun Apple kompaniyasi simsiz naushniklarni ishlab chiqardi. Endi ular chigal bo‘lmaydi, shunchaki yo‘qolib qoladi.
Bir hokim xalqni oldiga chiqib:
— Hurmatli hamshaharlar! Bundan bir yil oldin ham yaxshi yashaganmiz, hozir ham yaxshi yashayapmiz, bundan keyin ham yaxshi yashaymiz! – desa, xalq orasida:
— Bizlar-chi??? – degan savol bo‘pti.
— Kuygan lampochkani almashtirish uchun nechta ayol kerak bo‘ladi?
— Birorta ham kerakmas. Ular qorong‘uda ham gaplashib o‘tiraverishadi.