Haqiqat-adolat haqida latifalar

Onasi ishga ketayotib:
— Sigirlarga qarab o‘tiringlar, - debdi bolalariga.
Ishdan qaytsa, sigirlar och qolgan emish.
— Nega sigirga hashak bermadinglar? - desa, bolalari:
— Unaqa deb aytmadingiz. Qarab o‘tirdik faqat, - deyishibdi.
Agar dunyodagi barcha davlatlarni ayollar boshqarganda edi,
janglar bo‘lmas edi. Shunchaki, davlatlar bir-biri bilan gaplashmas edilar.
Men bir umr ayolimni ishlab pul topishiga qarshi bo‘lganman.
Shuning uchun ham biz kambag‘almiz.
Uylari suv toshqinida harobaga aylangan aholini ko‘nglini ko‘tarish uchun hokimiyat vakillari guruh-guruh bo‘lib borib, ularni tez-tez tomosha qilib kelishardi.

Ronaldo bolalariga "Ishga ketyapman" deb, futbol o‘ynagani borarkan.

Yurtimizda mehmon bo‘lib yurtiga qaytayotgan chet ellikdan aeroportda so‘rashibdi:
—Xo‘sh qalay, O‘zbekiston sizga yoqdimi?
U javob beribdi:
—Ha, juda-yam! Hamma urf-odat va an’analaringiz yoqdi-yu, shu ommaviy chiroq va gazlarni o‘chirib qo‘yish udumi yoqmadi, - degan ekan.
Shogird ustozidan so‘radi:
—Ustoz, o‘zimdagi kamchiliklarni qanday bilib olsam bo‘ladi?
Ustoz javob berdi:
—Xotiningni birorta kamchiligini uni o‘ziga aytsang, nafaqat seni kamchiliklaring, balki butun urug‘-aymog‘ingni kamchiliklarini bilib olasan.
— Imtihonlar qalay bo‘ldi o‘g‘lim?
— Yaxshi ada. Narxlar oshib ketibdi.
Yomon xotin MIB xodimiga o‘xshaydi.
Bor narsangni olib qo‘yadi. Kayfiyatingni buzadi. O‘z joningga qasd qilishgacha olib keladi.

Ikkita eshak uchrashib qolibdi.
— Ishlaring yaxshimi?
— Yaxshi. O‘zingniki-chi?
— Xo‘jayinim o‘g‘lini har kuni so‘kadi. Xotinini va meni aralashtirmasdan so‘ksa bo‘ladi-ku!