Haqiqat-adolat haqida latifalar

1. Har bir inson umrida bir martta kuyadi. Yo quyoshdan yo sevgidan.
2. O‘ziga bino qo‘ygan odamlar shuni bilsin-ki, biz ham ularga qo‘yganmiz.
3. Meni mutlaqo yaxshi bilmaydigan insonlarni men haqimdagi fikri meni ham mutlaqo qiziqtirmaydi!
4. Hadeb ortimdan gapiravermang! Shundoq ham o‘zim haqimda fikrim juda baland!
5. Har kim indamas bo‘lish huquqiga ega.
6. Uxlang! Sizni buyuk ishlar kutmoqda.
7. Atrofingdagi dushmanlaringni xursand qilish uchun har-har zamonda o‘zingni siqilgan qilib ko‘rsat!
8. Sog‘lom odam bu - yaxshi tekshirilmagan odam!
Odamlarni gapi qiziq!
Har bir so‘zga so‘z qo‘shib gapirishadi.
Masalan: Ovqat-povqat, non-pon, pishiriq-...
Karantin davrida tibbiy niqoblardan foydalanilayotganligi uchun ayollar lab bo‘yoqlarini ishlab chiqarish keskin qisqartirildi.
Yirik kompaniya rahbarlariga qiyin-da!
Ishxona to‘la o‘g‘ri va qallob. Ishdan bo‘shatay desa, hammasi tanish-bilishlari...!
— Matros, hammasi yaxshimi?
— Ha kapitan, hammasi a’lo! Vahimaga o‘rin yo‘q! Faqat biz cho‘kyapmiz...
Farroshlik qilish uyat!
Avtobusda chiptachi bo‘lib ishlash uyat!
Paynetda ishlash ham uyat!
Ko‘chada g‘iybat qilib, bekorchi bo‘lib o‘tirish uyatmas!
Insonga alam qiladigan narsa nima bilasizmi?
Bir akaxonga mehr qo‘yib, doim yonida girdikapalak bo‘lsang-u, kutilmaganda o‘sha marazni egallab turgan lavozimidan bo‘shatib yuborishsa.
Shunaqa alam qiladi...
Vrach:
— Agar aroq ichmasangiz, umringizni ancha uzaytirasiz!
Bemor:
— To‘g‘ri aytasiz doktor! 1 hafta ichmagandim, 1 yildek tuyuldi.
— Nazokatxon, bugun chiroyli bo‘lib ketibsizmi?!
— Ha. Lekin sizga qarata bu fikrni aytolmiman.
— Unda siz ham menga o‘xshab yolg‘on gapiring.
— Dugonajon, nega yaxshi yigitlar yomon qizlarga uylanib olisharkin-a?!
— Bilmiman. Eringdan so‘rab ko‘r-chi...