Haqiqat-adolat haqida latifalar

Xotini ishdan kelsa, eri oshxonadan chiqib kelayotganmish:
— Onasi senga syurprizim bor! - debdi.
Xotini oshxonaga kirsa ovqatlar tayyor. Dasturxonlar bezatilgan ekan.
— Rahmat adasi. Bugun oilaviy dasturxon bezatib birga ovqatlanar ekanmiz-da, - deb xotini orqasiga o‘girilsa, eri qo‘lida bir shisha aroq bilan sekin ko‘chaga chiqib ketayotganmish.
Darvoza oldida o‘tirgan bolani yoniga kelib so‘radim:
— Adang uydami?
— Ha uydalar, - dedi.
Darvozani uzoq taqillatdim. Hech kim ochmadi.
— Adam uydalar deysan. Darvozangni hech kim ochmayapti-ku, - desam, bolakay menga:
— Bilmiman, men bu yerda yashamayman. Lekin meni adam uyda edilar, - dedi.
Yoz faslini to‘xtatib turinglar! Men dam olishga ulgurmadim!
Rossiyadagi yirik boylardan biri Putin qabuliga kirib:
— Vladimir Vladimirovich, men xorijga butunlay ko‘chib ketmoqchiman. O‘zimga tegishli hamma uy-joy, mol-mulklarimni sotib pullarni bolalar uyiga hadya qildim. O‘zimga tegishli qimmatbaho aksiya va ko‘chmas mulklarimni barchasini ehson tariqasida kambag‘allarga tarqatdim.
Endi davlatdan chiqib ketsam bo‘ladimi? - debdi.
Putin o‘ylanib turib:
— Ruslarda yo‘l oldidan biroz o‘tirib ketish odati bor. Shunga nima deysiz?! - dermish.
Ona tuya va bo‘taloq suhbati:
— Oyi, nega bizni oyoqlarimiz katta va xunuk? Otni oyog‘ini qarang. Shunaqa bo‘lsa bo‘lmaydimi?
— Eh bolam, biz cho‘lda, qumni ustida yuramiz. Shuning uchun oyoqlarimiz shunaqa.
— Oyi, nega bizni belimizda o‘rkach bor. Tekis, chiroyli bo‘lsa bo‘lmasmidi?!
— O‘g‘lim, biz cho‘l hayvonimiz. O‘rkachimizni ichida suv va yog‘ saqlaymiz.
— Oyi, nega bizni lablarimiz bunaqa katta va qo‘pol?
— Chunki cho‘ldagi tikonlarni yeyishga mo‘ljallangan.
— Oyi, axir biz tug‘ilgandan beri zooparkda yashaymiz-ku!
— Do‘stim, men bu yil albatta institutga kiraman!
— Nega buncha aniq gapiryapsan?
— Toza havoda miya yaxshi ishlaydi deyishadi-ku!
Koptokdan o‘rganing! Qanchalik uni qattiq ursangiz, shunchalik balandroq sakraydi.
— Ozish uchun faqat salat yeyapman.
— Salatni ichi go‘sht, mayonez va tuxumga to‘la-ku!
— Axir men salat yeyapman-ku!
Yigit Bo‘zsuv qirg‘og‘ida o‘tirsa, suvdan bir qurbaqa chiqib qolibdi-yu, tilga kiribdi:
— Meni o‘psang, go‘zal malikaga aylanaman...
Buni ko‘rgan yigit qurbaqani olib cho‘ntagiga solayotganmish:
— Nima qilyapsan? Men go‘zal malikaman, - desa, yigit:
— Go‘zal malikalar tiqilib yotibdi. Gapiradigan qurbaqa hali birorta blogerda yo‘q. Sen menga shundayligincha kerakliroqsan! - degan ekan.
Oilada tinchlik bo‘lishi uchun er-xotin kamchiliklarga ko‘z yumushi kerak deyishadi.
Savol: Qachon ko‘zlarni ochsa bo‘ladi?